Asosiy mavzular
29 march 2021

29 martda Milosh Formanning “Kakku qushi” beshta Oskar olgan edi

1976 yilning 29 martida AQSh kinokademiyasining 48-Oskar taqdimotida beshta asosiy mukofot bitta filmga berildi.

Bu Milosh Formanning “Kakku uyasi uzra parvoz” (One Flew Over the Cuckoo’s Nest) filmi edi.

“Agar u jinni bo‘lsa, sen nimaga yaraysan” (If he’s crazy, what does that make you?) degan slogan ustiga qurilgan bu film totalitar tutumni o‘zgartirmoqchi bo‘lgan yakka isënchining taqdiri haqida hikoya qiladi.

Filmdan parcha

Maykl Duglas prodyusserlik qilgan bu film rejissyori Milash Forman “Eng yaxshi rejissura uchun”, bosh rol ijrochisi Jek Nikolson esa “eng yaxshi erkak roli” uchun Oskar oldi.

Shuningdek, Luiza Fletcher “eng yaxshi aël» roli uchun Oskarga sazovor bo‘ldi.

Kino qamoq jazosini chetlab o‘tish uchun o‘zini jinnilikka solgan Rendl Patrik MakMerfining psixiatriya klinikasidagi ko‘rguliklarini hikoya qiladi.

Totalitar zehniyat sohibasi shafqatsiz hamshira Mildred Retchedning mutlaq hukmronligi ostidagi ruhiy xastalar o‘zgarishlar umididan allaqachon voz kechishgan.

MakMerfi “jinnixona”dagi vaziyatni yakka o‘zi o‘zgartirish uchun oëqqa qalqadi. Isën ruhiy xastaxona tutqunlari qalbida “o‘zgarishlar istagi”ni paydo qiladi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
14 january 2022
Bormisiz zukko, aqlli va samimiy do‘stim! O‘tgan hafta men ham siz kabi butun e'tiborimni O‘zekiston qo‘shnisi – Qozog‘istonga qaratdim. ...
18 january 2017
Shu kunlarda, ko‘plab ota onalar kollejni tamomlayotgan farzandlariga to‘rt tomonlama shartnomani imzolatish uchun ish beruvchilar eshigida sarson bo‘lishmoqda. Hali ...
5 january 2016
Yangi hamkorimiz bizga jo‘natgan ilk hajviy surat «Karimovning amal kursisi» deb nomlanadi. Elsevar taxallusi bilan ijod qilishni ma'qul ko‘rgan ...
18 may 2017
17 may kuni ijtimoiy tarmoqda odamlarni vahimaga soluvchi video paydo bo‘ldi. Yo‘l-yo‘lakay mashina oynasidan olingan tasvirda, militsiya kiyimidagi shaxs ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...