Asosiy mavzular
31 january 2026

31 yanvar – Quldorlikning bekor qilinishi

Bundan roppa rosa 161 yil burun AQSh Kongressi Konstitutsiyaga 13-tuzatishni qabul qildi. Ushbu hujjat mamlakat hududida quldorlikni butunlay taqiqladi.

1865 yil 31 yanvarda AQSh Vakillar palatasi tomonidan 13-tuzatishning qabul qilinishi insoniyat tarixidagi eng muhim ma'naviy va siyosiy g‘alabalardan biri hisoblanadi. Bu voqea nafaqat qog‘ozdagi o‘zgarish, balki millionlab insonlarning taqdirini hal qilgan keskin burilish edi.

Biroq AQShda quldorlik bekor qilingan bu davr va undan ancha keyin ham  O‘zbekiston tarixida Markaziy Osiyodagi davlatlarda quldorlik avj olgan, nihoyatda keskin og‘ir davr davom etayotgan edi. Bu davrda hududimizda uchta yirik davlat — Buxoro amirligi, Xiva xonligi va Qo‘qon xonligi mavjud edi.

Tarixiy sharoit: Fuqarolar urushi

Ushbu tuzatish qabul qilingan paytda AQShda Shimol va Janub o‘rtasidagi qonli fuqarolar urushi (1861–1865) hali davom etayotgan edi. Prezident Avraam Linkoln quldorlikni nafaqat ma'naviy jinoyat, balki davlatni parchalab yuborayotgan asosiy sabab deb bilgan.

Linkoln 1863 yilda «Ozodlik deklaratsiyasi»ni e'lon qilgan bo‘lsa-da, u faqat urush ketayotgan hududlarga tegishli edi. Quldorlikni butunlay va qonuniy tugatish uchun Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish shart edi.

Siyosiy kurash va ovoz berish

13-tuzatishning qabul qilinishi oson kechmagan. Demokratik va Respublikachilar partiyalari o‘rtasida juda kuchli ziddiyat bor edi. Ovoz berish kuni (31 yanvar) Vakillar palatasida vaziyat nihoyatda keskin bo‘lgan. Tuzatish o‘tishi uchun ikki uchdan bir (2/3) qism ovoz kerak edi. Tuzatish 119 ta «ha», 56 ta «yo‘q» ovozi bilan tuzatish zo‘rg‘a qabul qilingan. Agar yana bir nechta ovoz yetishmaganda, AQSh tarixi butunlay boshqacha tus olishi mumkin edi.

Hujjat juda qisqa, ammo keskin mazmunga ega edi:

«Na Qo‘shma Shtatlarda, na ularning yurisdiktsiyasi ostidagi biror bir joyda quldorlik yoki majburiy mehnat mavjud bo‘lmasligi kerak…»

Bu hujjatning qabul qilinishi quyidagi natijalarni berdi: 4 millionga yaqin inson rasman quldorlik zanjiridan ozod qilindi. AQSh iqtisodiyotining (ayniqsa Janubning) tuzilishi butunlay o‘zgardi. Bu voqea keyinchalik qora tanlilarning fuqarolik huquqlari va saylov huquqlari (14 va 15-tuzatishlar) uchun poydevor bo‘ldi.

Tag‘in o‘qing
26 october 2025
Transport nazorat inspektsiyasining Namangan viloyati hududiy bo‘limi 1069 «Ekipaj taksi» agregatorining faoliyati qonunda belgilangan tartibga muvofiqligi bo‘yicha tegishli tashkilotlar ...
14 february 2024
Tergov jarayonidan xabardor insayderlarning aytishicha, diniy bloger Abror Muxtor Aliy (Abror Abduazimov) tergov oldi surishtiruvida tergovchilar bilan faol hamkorlik ...
7 january 2017
Hurriyat va boshqa turk gazetalarining ëzishicha qotil “Abu Muhammad Xurosoniy” kod ismi bilan harakat qilgan o‘zbek millatiga mansub Abduqodir ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...