Asosiy mavzular
30 january 2026

Olmazor tumanida zo‘ravon banditlar qo‘lga olindi

Rasmiy xabarlarga ko‘ra Toshkent shahrining Olmazor tumanida Davlat xavfsizlik xizmati va  ichki ishlar xodimlari tomonidan  zo‘ravon banditlar qo‘lga olingan.

30 yanvar kuni olingan tezkor ma'lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxslar tuman hududida bir nechta yo‘nalishda noqonuniy harakatlarni amalga oshirib kelishgan.

Ular mahalliy tadbirkorlar va kichik biznes vakillaridan «homiylik» yoki «tinchlikni ta'minlash» vaji bilan muntazam ravishda pul talab qilish.

Fuqarolar o‘rtasidagi qarzdorlik va boshqa kelishmovchiliklarni davlat qonunlarini chetlab o‘tgan holda, jismoniy kuch ishlatish va tahdid orqali «hal qilish».

Sport zallari va mahallalarda yoshlarni o‘z atrofiga yig‘ib, jinoiy submadaniyatni (ko‘cha hayotini) targ‘ib qilish va ulardan kuch ishlatish talab etiladigan vaziyatlarda foydalanish bilan shug‘ullanishgan.

Reyd davomida Olmazor tumanidagi bir nechta manzillarida  guruhning 4 nafar faol a'zosi voqea joyida qo‘lga olindi. 

Ulardan ashyoviy dalil sifatida sovuq qurollar (pichoqlar, kastetlar) va noqonuniy aylanmadagi ma'lum miqdordagi pul mablag‘lari musodara qilindi.

Gumonlanuvchilarning ba'zilari ilgari og‘ir tan jarohati yetkazish va bezorilik moddalari bilan sudlangani aniqlandi.

Hozirda Olmazor tumani Ichki Ishlar Organlari Faoliyatini Muvofiqlashtirish Boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat qodeksining tovlamachilik va qurol yordamida bezorilik qilish moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. 

Tag‘in o‘qing
13 may 2023
2022 yil  22 Iyul kun  o‘zbek shoiri va siësatchisi Muhammad Solihni  Turkiyaning Yolova shahridagi «Turk Dunyosi siyosatchilari uchrashuvi» nomi ...
14 july 2025
Qarshi Davlat texnika universiteti 2025 yil 8-12-aprel sanalarida «Somfort makon» MChJ bilan shartnoma tuzib, tovarlarni to‘liq qabul qilib oldi. ...
11 january 2021
Haqiqiy islohotlar erkin fikrlovchi va tanqidchilarni tor-mor etish emas, balki ularni rag‘batlantirish va hatto qamrab olish orqali amalga oshiriladi. ...
25 october 2016
Chaqimchilik va tirikchilik O‘zbekistonda bir-birining ajralmas qismiga aylanib bo‘ldi. Bu endi birgina militsiya, MXX yoki ularga ishlaydigan maxsus ayg‘oqchilar, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...