Document UZ
31 january 2026

Kievdagi Urush muzeyida rus tilidagi yozuv olib tashlandi

31 yanvar kuni tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Kievdagi Ikkinchi jahon urushi tarixiy muzeyida (xalq tilida «Muzey voynы») joylashgan sovet davriga oid rus tilidagi shior demontaj qilindi.

Muzey devoridagi «Ix podvigi budut jit vechno, ix imena bessmertnы» (Ularning jasoratlari mangu yashaydi, ismlari o‘lmasdir) degan mashhur ruscha yozuv bolg‘alar yordamida urib tushirilgan. Ukraina tomoni buni mamlakatda davom etayotgan «desovetizatsiya» va Rossiya propagandasi qoldiqlaridan tozalanish jarayonining bir qismi deb hisoblamoqda.

Rossiyalik targ‘ibotchilar va rasmiy shaxslar esa bu voqeani «tarixiy xotiraga tupurish» sifatida baholab, keskin tanqid qilishmoqda. Xususan, Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ham bu holatga munosabat bildirib, Ukraina hukumatini aybladi.

Mahalliy faollar va muzey ma'muriyati bunday yozuvlar bugungi kunda agressor davlat tilida va sovet mafkurasini targ‘ib qiluvchi unsur sifatida qabul qilinishini ta'kidlamoqda.

Tag‘in o‘qing
3 november 2025
Afg‘onistonda 6,3 magnitudali yer qimirlashi yuz berdi. Mozori-Sharif yaqinidagi tumanlar bundan eng ko‘p zarar ko‘rdi – u yerda o‘nlab ...
1 july 2022
Qullik zehniyati nima degani, bilasizmi? Birgina qorni uchun ajnabiyga tobe bo‘lgan xalqda qullik zehniyati bor. Misol uchun, «Mustaqillik bizga ...
22 february 2021
Bosh vazirligida Qorasuv-1 mavzesi tomondagi kamtargina hovlida istiqomat qilgan prezident Shavkat Mirziyoev ayni paytda hashamatli qarorgohlarda yashashni afzal bilmoqda. ...
7 october 2025
O‘zbekiston prezidenti xalq farovonligi, kambag‘allikka barham berish va ishsizlikni yo‘qotish uchun kunu-tun harakat qilayotgan bir paytda, ba'zi mahalliy rahbarlar ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...