Asosiy mavzular
10 may 2016

O‘zini faqir qilib ko‘rsatishni sevgan “Avtomobil qiroli” potretiga chizgi

Bugun avtomobil janjali markazida qolaëtgan Ulug‘bek (Bosh vazir o‘rinbosari) bilan bir muddat O‘zbekiston milliy bankida birga ishlaganim bois Eltuz.com nashri o‘quvchilariga bilganlarimni aytib bermoqchiman.

Shu kunlarda O‘zbekistondagi mashina sanoati bilan bog‘liq barcha ayblarni Ulug‘bek zimmasiga ilishga intilish ketaëtgandek tuyuldi menga.

Uning qaysidir viloyat markazidagi “Xalqaro aeroportdan qochishga uringani” haqidagi afsona ham “Papa”ni nafratini qo‘zg‘ash uchun atay to‘qilmadimikin degan savol ham miyamdan kechdi.

Uch xonali kvartirada kambag‘algina yashaëtgan, eski kostyum kiyib yuradigan, o‘zi ham kambag‘aldan chiqqan, boz ustiga xotini ham hiënat qilgan 46 yashar Ulug‘bekka o‘zbek rejimidan qochib qutula olmagan mazlum rutbasini berishga ham urinilmoqda.

Ulug‘bekni bir muddat yaqindan tanigan kishi sifatida darrov aytaman – Ulug‘bek mazlum emas.

U O‘zbekistondagi Karimov yaratgan mexanizmning bir murvati xolos.

Agar Ulug‘bek Xitoyda yashasa edi korruptsioner sifatida mutlaqo qatl qilingan bo‘lur edi.

Endi bir boshdan gapirsam. Ulug‘bek “postqaytaqurish” degan to‘qsoninchi yillarda Moskvada MGU talabasi bo‘ldi. O‘sha davrdagi talaba yo‘qsulligi uning tabiatiga singib ketdi.

Yillar o‘tib boyib ketsa ham o‘zini muxtoj va yo‘qsil qilib ko‘rsatish Ulug‘bekning haët tarzi edi.

“Tashoblda tug‘ilib Moskvani bitirgan” talaba bir muddat O‘zbekiston milliy bankida oddiy klerk bo‘lib ishladi.

O‘sha paytda bank rahbariyati uni “tuzukroq kostyum kiyib yurish borasida“ ogoxlantirgani esimda.

Kamtar bu mulozimning qashshoq haëti oilaviy mashmasha va sevgiga hiënat kabi unsurlar bois fojeaviy tus oldi. Pirovardida Ulug‘bek xotinidan ajrashib chuqur g‘ussaga cho‘mdi.
Aynan o‘sha “depressiv” kunlarda uni eski tanishi Ravshan uchratib qoldi. Ravshan O‘zbekiston prezidenti devoni rahbari Zelimxon Haydarovning katta qiziga uylanib oshig‘i olchi bo‘lgan “oltin olatli ëshlardan” biri edi.

Ravshan bilan Ulug‘bek Moskvada tanishishgan edi. (Ravshan keyinchalik avtohalokat oqibatida o‘ldi.) Hullas Ravshan o‘z do‘stini depressiyadan qutqarish uchun qaynotasining aloqalarini ishga soldi.

Ulug‘bek tezda hizmat pillapoyalaridan yuqorilab boshladi. Davlat qurilish akademiyasida taxsil olarkan, Moskvada orttirgan yana bir do‘st marhamatiga noil bo‘ldi. Bu do‘stning ismi Haët Sharifho‘jaev edi.

Bir vaqtlar Moskvada bir mayizni bo‘lib yegan bu “Ulfati Se” endi O‘zbekistonda pul topib bo‘lib yeyishga qaror qilishdi.

Ularning nazari O‘zbekiston avtomobil sanaotiga qaratildi.

Bankdagi oddiy klerk bo‘lgan Ulug‘bek endi “O‘zbekavtosanoat”ga boss bo‘ldi. Burni ko‘tarilib atrofdagilarga past nazar tashlay boshladi.

Yo‘ldagi eshak ëki qo‘sha falokat

rasm1352
“Xalqaro aeroportdan qochishga uringani” haqidagi afsona ham “Papa”ni nafratini qo‘zg‘ash uchun atay to‘qilmadimikin….(Ali Qushchi)

Sal o‘tmay Ulug‘bekka akaxonlik qilgan Ravshan avtohalokat bois olamdan o‘tdi. Ravshanning mashinasi ketaëtgan yo‘ldan eshak mingan odam chiqib qolgan va uni aylanib o‘tishga uringan mashina chappa bo‘lgan.

Falokat kelsa qo‘sha-qo‘sha keladi deganidek, Ulug‘bekning yana bir soyaboni MXX generali Haët Sharifxo‘jaev ishdan chetlashtirildi.

O‘g‘riboshiyu, rushvatxo‘r mulozimlar orasida Ulug‘bek sug‘urta belbog‘isiz ëlg‘iz qoldi.

“O‘zavtosanoat” tizimidagi o‘g‘irliklar ko‘lami haqidagi hujjatlar papkasi esa Ulug‘bek taxsil olgan Rossiya davlati xavfsizlik idorasi tarafidan O‘zbekiston prezidentiga yetkazildi.

Ulug‘bek nazardan qoldi.

Endilikda uni yuqoriga ko‘targan o‘g‘riboshilar pastga itara boshlashdi.

Devonboshi Zelimxon ham, o‘g‘riboshi Salim ham Ulug‘bekdan yuz o‘girdi.

Uning ishongan tog‘i buloqboshilik Parpiev ham, qamoqda qolaëtgan Tohirjon Jalilov ham unga qarshi ko‘rsatma bera boshladi.

U endi “avtomobil qiroli” bo‘lgan Ulug‘ Bek emas balki tuban taqdiriga ko‘ngan Rozi Qulga evrildi.

Yiqilganni tepmaslik kerak, degan naql bor. Lekin Ulug‘bek yiqilgani yo‘q, uni yiqitishdi.

Bu kriminal dunëdagi o‘g‘riboshilar razborkasiga o‘xshaydi.

Ulug‘bek gapiga “otvechat qila olmagani uchun” jazolanmoqda.

Bu o‘rinda kichik hulosam shu – Kriminal razborkaga aylangan Karimov rejimi demontaj bo‘lmas ekan bunday “bespredel” davom etaveradi. Bu tizimda mazlum ham zolim ham yo‘q.

Ismim Alisher, Ulug‘bek meni Ali-qushchi deb atar edi, agar esidan chiqmagan bo‘lsa.
Toshkent 2016 yil 10 may


Ali Qushchi,

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 july 2017
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi marhum prezidentning to‘ng‘ichi Gulnora Karimova jinoyatiga oid tafsilotlarini ochiqladi. Bunga ko‘ra, u 5 yilga qamalgan, ikkinchi ...
30 october 2020
Hafta ichi sen sevasanmi, men sevamanmi, sen ëmon ko‘rasanmi, men ëmon ko‘ramanmi, degan gaplar bilan to‘la bo‘ldi. Har kim ...
13 march 2017
Marxum prezident Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish qarorini izohlashni so‘rab, Eltuz nashri jamiyatshunos olim Baxodir Musaevga murojaat etdi. Bundan ilgari ...
22 september 2018
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi sobiq direktori Jur'at Meliqulovga jiddiy tan jarohatlari yetkazganlar ustidan tergov yakunlanib jinoyat ishi sudga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...