Asosiy mavzular
28 june 2016

Prezident tabrigidan to‘lqinlanish haftaligi

27 iyun – O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan davlat rahbari yo‘llagan tabrik mamlakat jurnalistlari uchun to‘lqinlanish va mas'uliyat hissini tuyish haftaligini boshlab berdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Chunki odatda bunday tabrik e'lon qilingandan so‘ng mahalliy jurnalistlar unday kelib chiqadigan vazifalarni belgilash, «bildirilgan yuksak ishonchni oqlash» kabi kayfiyatlarga beriladi. Bu holat esa ko‘pincha bir haftacha davom etadi. Keyin hayot iziga tushib, jurnalistlar yuqoridan o‘rgatilgan qo‘shiqlarni kuylashda davom etadi.

«Xalq so‘zi» gazetasi ham prezident tabrigidan «ko‘tarinki kayfiyat, yuksak ishonch» tuygan qoraqalpog‘istonlik jurnalistlarning dil so‘zlarini chop etdi.

«Prezidentimiz o‘z tabrigida milliy matbuotimiz vakillarining mamlakatimiz va dunyo miqyosida bo‘layotgan yangiliklarni tezkorlik bilan yetkazish borasidagi faoliyatini yuqori baholadi», deydi jurnalist.

Agar bu tezkor vakil sammitni yoritishda mamlakatning bosh axborot manbai – O‘zA bo‘lsa, undan ko‘chirilgan maqolalarni chop etgan markaziy nashrlar bo‘lsa, bunday tezkorlikning narxi sariq chaqa ham emas-ku, deydigan mard yo‘q.

«Yurtboshimiz tabrigidagi: «…sizlarning ezgu orzu-intilish va tashabbuslaringizni doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanimni, sizlarni o‘zimning eng yaqin yordamchim va maslakdoshlarim deb bilishimni takroran aytmoqchiman», degan so‘zlari bizni yanada to‘lqinlantirib yubordi», deb yozadi qoraqalpoqlik jurnalist.

Eshagiga yarasha tushovi, deb shuni aytadi-da dono xalqimiz.

Bayram bahona «Yilning eng yaxshi jurnalisti» tanlovi g‘oliblari ham e'lon qilindi. «Hurriyat» gazetasi ularning ayrimlaridan minnatdorlikka yo‘g‘rilgan fikrlar olishga ham ulgurdi.

«Mediamakonda ma'naviyatga zid, qaysidir yovuz kuchlarning tor manfaatlariga xizmat qiladigan axborotlar kam deysizmi? Ularga qarshi dadil va o‘tkir publitsistik chiqishlar qila olish… milliy axborot makonimizdagi fidoiy xodimlarning eng muhim vazifalaridandir», deydi tanlov sovrindorlaridan biri.

O‘zbekiston matbuoti xalq manfaatini ko‘zlab dadil va o‘tkir publitsistik chiqish qilmaganiga ko‘p yillar bo‘ldi. Balki prezident tabrigidan to‘lqinlangan mahalliy jurnalistlar endi bu nuqsonga ham e'tibor qaratar!?

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 june 2020
O‘zbek prezidenti Moskvaga borib ta'zim bajo keltirdi. Toshkent va Xivani bosib olgan ishg‘olchilar ramzi bo‘lgan georgiy lattasini ko‘kragiga osdi. ...
14 september 2022
O‘zbekiston «Erk» Demokratik partiyasi lideri bilan bilan qilingan suhbat 2018 yil yozilib, ba'zi sabablarga ko‘ra e'lon qilinmagan edi.Eltuz uni ...
7 april 2020
Koronavirus sharoitida ko‘rpaning qatidagi pullar asta xarj bo‘lyapti. Kambag‘al uch-to‘rt so‘m pulini taxmonga yig‘ilgan yangi ko‘rpaning qatida yoki uyi ...
3 october 2015
Bugun Termiz shahrida soat 10-30 atrofida, vaxima Prezident Islom Karimov kelyapdi deb, toliblardan qo‘rqqan IIB xodimlari butun Termiz shahrini ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...