ART-DURBIN
1 august 2016

Qo‘ling singur Toshkent «me'morlari»ning xaltako‘chasi

Eski ToshMIning Nikolay g‘ishtdan qurilgan va O‘zbekiston tarixiy ëdgorliklar idorasi muhofazasida bo‘lgan binosi Bosh vazirning bir imosi bilan buzildi. Tibbiyot akademiyasi bosh vrachi Jasur Rizaevga yaqin manbaning eltuz.som muxbiriga aytishicha, bino madaniy meros idorasidan izn olmasdan buzilgan.

rasm1725
19 asrda qurilgan Qo‘qon, «Restavratsiya»dan so‘ng tipik karimov me'morchiligi turqini oldi.

«Hech qanaqa hujjat yo‘q buzishga. Bosh Vazir hazratlari ikki kunda buz dedilar, buzdik“, deydi manba. Eski ToshMI binosi Bosh vazirning og‘zaki buyrug‘i bilan vayron qilingan birinchi bino emas.

Mamlakatning me'moriy o‘zligi va vizual imidji masalasi shu qadar qorishiq bo‘lgani bois biz bu muammoga yana qaytamiz.

rasm1724
Qo‘qonning sahrodagi «Istiqlol Brodveyi» shahardagi yagona otel. Bino yetarli darajada zamonaviy ko‘rinadi, biroq mutlaqo shahar landshaftiga qorishmaydi.

O‘zbekistonning me'moriy yuzi bilan bog‘liq muammo haqiqatdan ham ko‘p bo‘lgani bois mamlakat qiëfasining yo‘qlikka yuz tutishi borasida havotirlar yangramoqda. Bosh muammo qadimiy ëdgorliklarni aqlsizlarcha restavratsiya qilish va qurilish sohasini xaltako‘chaga kiritgan bedodlikdir. Bunga yana sifatli va yangi arxitekturaning yo‘qligi hamda soha mulozimlarning qovoq kalasidagi mutlaq xaosni ham qo‘shish mumkin.

Mulozimlar arxitektura taraqqiëti borasida aniq rejaga ega emas va buni biladigan professional me'morlarni ham ishga jalb qilishmaëtir. Binolar stixiyali tarzda insho bo‘lib yana stixiyali tarzda vayron qilinmoqda. Shoir aytgandek “Men bir qora kunda tug‘ildik, tug‘ildimu shu on bo‘g‘ildim”.

rasm1722
Samarqand. Shafqatsiz «o‘zbekchasiga restavratsiya».

Eski binolarni me'moriy restavratsiya qilish siridan bexabar qurilish shirkatlariga qadimiy binolarni ta'mirlash topshirilmoqda. Korruptsiya va o‘g‘irlik izlari esa shundoq ko‘rinib turibdi. Buni oddiy odamlar ham ko‘rib bosh chayqashmoqda. Oqibatda bizning ko‘z oldimizda beso‘naqay binolar, qo‘lbola restavratsiyadan chiqib badbashara qilingan obidalar qo‘qqaymoqda.

Buning barobarida original binolar yer bilan yakson qilinib O‘zbekistondagi shaharlar disgarmoniyaning zaharli muhiti ichida qolmoqda. Bu shaharlarda mahalliy amaldorlarning bachkana “didi” anqib turibdi.

rasm1723
Toshkent, tipik bino nusxalari tamg‘alanmoqda

Umrida biron kitob o‘qimagan, vizual estetikadan mutlaq behabar tuman podshoxchalarining amrini vojib qiladigan sharlatan quruvchilar “ijodi” esa odamni dahshatga soladi. Boz ustiga mahalliy hokimiyat akaxonligida ishlaydigan bu “qo‘ling kesilgur” me'morlar, sharlatan quruvchilar, konkurssiz tarzda “tenderlarni yutib” ishlagan pulidan cho‘tal uzatish payida. Bularning bari O‘zbekistondagi izolyatsionizm siësatining zaxarli mevalaridir. Maxalliy arxitektorlar dunë estetikasi tendentsiyalaridan ihota bo‘lgan xolda o‘zicha ko‘rpa ostida “rivoj” topmoqda.

rasm1721
Qo‘qon, «restavratsiya»ning yana bir qurboni. Tillarang gumbaz, yangi kelgan restavratorlar fantaziyasining sarcho‘qqisi.

Oqibatda ko‘rpani tagini dunë deb o‘ylaydigan me'morlaru, buzishdan zavq oladigan gerostrat mulozimlar qilmishi bois shaharlar va unda istiqomat qilaëtgan avlodning didi zarar ko‘rmoqda. Afsuski kelajak nasllarning ham didi o‘tmaslashsin deya hamma ish qilindi.

Akmal Rizaev,
O‘zbekistonlik muallif tahallusi
Eltuz.com

 

Tag‘in o‘qing
12 september 2024
Tepadagi bir-biriga o‘xshash ikki rasm dunëning ikki nuqtasida suratga olingan: Uyg‘ur xalki himoyachisi Rushan Abbos 2018 yili Xitoyda izsiz ...
10 may 2021
Olmaliq shahrida soliqchilar yoymachilik ortidan tirikchilik o‘tkazayotgan ayollarni sudra-sudra qilgani ortidan ko‘tarilgan shov-shuvdan so‘ng voqea ishtirokchilari Davlat soliq qo‘mitasining ...
11 june 2024
Korruptsiyaga botgan o‘zbek kadastr tizimi. Pufaklar, raketalar va kiberxujumlar   – BU 600 SEKUND +++ Kadastr Palatasining Qibray tumani filial boshlig‘i ...
12 july 2025
Toshkent viloyati uy-joy inspektsiyasi rahbari Dilmurod Rejamatov va bo‘lim boshlig‘i Doniyor Ahmedov BSK (boshqaruv servis kompaniyalari)dan o‘lpon puli talab ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...