Asosiy mavzular
3 september 2016

Karimovning o‘lgani rasman bildirildi

«Islom Abdug‘anievich 2016 yil 2 sentyabrda Toshkent shahrida bosh miyada qayta tiklanmaydigan o‘zgarishlarga va poliorgan yetishmovchiligiga olib kelgan miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi (insult) oqibatida vafot etdi» deyiladi hukumat bildirishida. Shuningdek, 3 sentyabrdan boshlab mamlakatda 3 kunlik motam e'lon qilindi.

Bundan ilgari Eltuz.com nashri ma'lum qilganidek, dafn marosimi 3 sentyabrga belgilangandi. Rasmiy axborotga ko‘ra Islom Karimov jasadi shu kuni «ota-onasi mangu qo‘nim topgan ona shahri Samarqandda musulmon urf-odatlariga binoan dafn etiladi».

Oliy Majlis qaroriga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi raisi Shavkat Mirziëv dafn komissiyasi raisi bo‘ldi, shuningdek komissiya a'zoligiga Milliy havfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatov, moliya vaziri Rustam Azimov va Prezident devoni rabari Zelimxon Haydarov, Cenat raisi Yo‘ldoshev N.T, Qonunchilik palatasi Spikeri Ismoilov N.M, davlat maslahatchilari Nazarmuhammedov, Sultonov H. Havfsizlik kengashi kotibi Yerniyozov M. Ichki ishlar vaziri Ahmedboev A.A. Mudofaa vaziri Berdiev Q.R. Tashqi ishlar vaziri Komilov A.H.va boshqalar kiritildi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 march 2019
Prezident Mirziyoev 15 mart kungi farmoni bilan prokuratura idoralaridagi 1 198 shtatni qisqartirdi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. ...
27 july 2025
2025 yil 27 iyul kuni “O‘zbekneftegaz burg‘ulash ishlari” MChJga qarashli Muynoqdagi parmalash maydonida ochiq neft-gaz favvorasi yuz berdi. Bu ...
5 february 2021
Otga qoqqan taqadek, suvdan chiqqan baqadek, bir mirilik chaqadek – rassom Tuzchilarga salom! O‘zi chetga buqinub, shaxsiyatga to‘qinib, allakimga ...
15 september 2016
8 sentyabr kuni O‘zbekiston senatorlari bir ovozdan qabul qilgan qaror, odamlarning gapida jon borligini ko‘rsatdi. Asosiy qonun, O‘zbekiston Konstitutsiyasining ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...