ART-DURBIN
22 november 2021

Rip Xopkinsning O‘zbekistoni

muynak
Rip Xopkins, Qoraqalpog‘iston, Mo‘ynoq

Britaniyalik taniqli fotograf Rip Xopkins (Rip Hopkins) fotoob'ektivida aks etgan O‘zbekkiston turizm shirkatlari chop qilgan bukletlardan farq qiladi.

10 ëshidan beri suratkashlik qiladigan va Parijda taxsil olgan 44 yashar Rip Xopkins (Rip Hopkins) – mukammal fotorassom sifatida Britaniyada nom chiqardi.

“Chegara bilmas vrachlar” jamiyatida fotograflik qilgan Xopkins dunëning dardli nuqtalarini bu dardga darmon bo‘lgan vrachlar bilan kezib insoniyatning asl yuziga razm sola oldi.

bukhara
Rip Xopkins, Buxoro

Xopkins Markaziy Osië bilan bog‘liq loyihalarda faol ishtirok qilda va mintaqaning barcha yerini qarichma-qarich kezdi.

Xopkins fotokamerasida aks etgan O‘zbekiston tasvirlarida kinoya va istixola unsurlari mavjud.

Vizual jihatdan mukammal deya bilingan bu suvratlarni Eltuz o‘quvchilariga havola qilamiz.

Avtor ayni paytda suratlar dizayni bilan mashg‘ul bu esa uni shunchaki suratkash rutbasidan yuksakroq mavqega eltadi.

zeravshan
Rip Xopkins, Zarafshon

Suratlarning barisida kompozitsiya va rang uyg‘unligiga erishilgan.

Bu esa Xopkins fotografdan ko‘ra musavvir kabi mushohada qildi degan fikrni paydo qiladi.

Asnoda rassom mintaqa qiëfasini chuchmal go‘zal qilishga tirishmaydi¸ balki g‘ayri-odatiy g‘adir-budir voqelikka diqqatimizni jalb qilishga tirishadi.

Xopkins g‘alati joylarda g‘alati odamlarni suratga oladi. Xopkins nazarida aynan g‘alati odamlar tomoshabinning shoën diqqatiga loyiqdirlar.

Hatto Xopkins suratga olgan natyurmortlar ham insoniy muammolar haqida qichqiraëtgan kabi tuyuladi.

fergana
Rip Xopkins, Farg‘ona

Tomoshabin bu rasmlardan bir etak pozitiv emotsiyalar oladi. Xopkins reportajlari esa alohida taxsinga loyiq.

Rip Xopkins doimo tomoshabin nigohini dunë ajoyibotlariga qaratib olamning murakkab va nihoyatda go‘zal ekanligini urg‘ulaydi.

Xopkinsga ko‘ra hatto dunë tamaddunidan olis puchmoqlarda ham inson asosiy va bosh qaxramon bo‘lib qolaveradi.

Xopkins O‘zbekistonidagi inson ham umidga loyiq kabi ko‘rinadi.

Rasmlar manbasi: http://www.riphopkins.com

Akmal Rizaev
O‘zbekistonlik muallif tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 october 2023
Rossiya. Petrburg. 17 oktyabrga o‘tar kechasi Dostoevskiy ko‘chasidagi “Kattaqo‘rg‘on” kafesi yaqinida 11 nafar o‘zbek bir birini tepkilab ëtibdi. Bittasi ...
12 december 2023
Cankt Peterburgning «Krasnoe Selo» tumanida uch nafar O‘zbekistonlik bola Lenin ko‘chasidagi «Mangu olov»ni o‘chirib qo‘yishdi, deya yozmoqda Rossiya nashrlari. ...
15 december 2020
Qishloq xo‘jaligi mutaxassisi, 70 yoshli Ismoil Ospanov «Eltuz» orqali o‘z turkum chiqishlarini davom ettirib, navbatdagi videosini qishloq xo‘jaligidagi ko‘zbo‘yamachilik, ...
12 july 2017
Farg‘ona viloyatining barcha tumanlaridagi aksariyat maktablarning o‘qituvchilari baklashka (salqin ichimliklardan bo‘shagan yelim idish) yig‘ishga majburlanmoqda. «Bizning maktabimizga bir kunda ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...