Asosiy mavzular
10 january 2017

Istanbulda qirg‘in buyrug‘i berganlikda gumonlanilgan shaxs qo‘lga olindi

Reina tungi klubini qonga belagan va 39 kishini qatl qilgan xujumchiga qatl buyrug‘ini berganlikda gumonlangan Ilës Mamasharipov qo‘lga olindi

Qatlni ijro qilgan va o‘zbekligi aytilaëtgan Abduqodir Masharipov (kod ismi Abu Muhammad Xurosoniy) o‘zi tushgan taksichining telefonidan IShID ning Istanbuldagi amiri Xo‘ja Aka va uning ërdamchisi Ilës Mamasharipov (kod ismi Tojikistonli Yusuf) ga qo‘ng‘iroq qilgan.

Bu haqda SABAH gazetasi muxbiri o‘z manbalariga tayanib ëzdi. Muxbir terrorchini tashigan 34 TJT 14 davlat raqamli taksi haydovchisining gaplarini ham maqolaga ilova qilgan:

“Turkchani aktsent bilan ëmon gapirardi. Qo‘l telefonimni so‘rab bir-ikki yerga telefon qildi. Arabcha gaplar aralash bir tilda gapirdi. Suhbat tugagach telefonimni berdi. Tungi klubga 300 metrcha qolganida pulini to‘lab tushib qoldi” deya taksichidan iqtibos keltiriladi maqolada.

Asnoda politsiya taksichining telefonini tekshirib muhtamal terrorchining IShIDning Istanbul amiri deya bilinadigan, qozog‘istonda tug‘ilgan Xo‘ja Aka laqabli kishi hamda uning ërdamchisi Tojikistonlik Yusuf kod ismli Ilës Mamasharipov suhbatlashganini aniqladi.

Iddao qilinishicha “qirg‘in qilish” buyrug‘ini Ilës Mamasharipov bergan.

Eltuz.comga ma'lum bo‘lishicha Mamasharipov doxil 20 ga yaqin kishi qo‘lga olingan.

Turkiya xavfsizlik xizmatlari Istanbulning Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari va uyg‘urlar yashaydigan mavzesida bir nechta chet ellikni qo‘lga olishgani aytilmoqda.

Qorbobo e'tirofi

Yangi yil oqshomi Istanbulning tungi klublaridan biriga qilingan hujum paytida qorbobo kiyimida bo‘lgan artist turk matbuotiga gapirdi.

Bu qorbobo avvaliga qotilning sherigi deya gumon ostida qolgan edi.

Keyingi yillarda Turkiyada sodir etilayotgan zo‘ravonlikliklar ichida eng qaqshatqichlaridan biri bo‘lgani aytiladigan Reina qirg‘inini qorbobo kiyimida kuzatgan Seljuqning aytishicha, voqea birdan sodir bo‘lgan:

“Soat 01.15 atrofi. «Taq Taq!» degan sas keldi. Shampanskiy ochishdi deb o‘yladim. Birdan odamlar dahshatga tushib qocha boshladi. Odamlarga qarata sokin bo‘ling, o‘zingizni bosing deb baqirdim. Oshxonaga kirib yashirindik. Oshxona eshigi oldiga sudralib kelgan yarador aëlni ichkari olib eshikni tambaladik. Keyin politsiya kelib bizni qutqardi”, deydi “qorbobo”.

Abduqodir Masharipovning o‘lik tirigidan habar yo‘q

«Hurriyat» va boshqa turk gazetalarining ëzishicha, qotil “Abu Muhammad Xurosoniy” kod ismi bilan harakat qilgan o‘zbek millatiga mansub Abduqodir Masharipov hanuz topilmagan.

Turkiya istixboratining matbuotga sizdirgan habariga ko‘ra Abduqodir Masharipov o‘ldirilgan.

Ammo, boshqa manbalar buni rad qilmoqda. Manbalarga ko‘ra, Masharipov IShIDning o‘zbek xujrasi qo‘llovida yashirinib yurmoqda.

Turk matbuotida ëzilishicha, IShIDning o‘zbek hujralaridan birida ta'limot olgan Masharipov 15 dekabr kuni Turkiyaning Ko‘nya shahridan Istanbulga kelgan.

Ma'lum bo‘lishicha qatliomda qo‘llanilgan qurollar IShIDning o‘zbek xujrasining boshqa faollari tarafidan Istambulga keltirilgan. Iddaoga ko‘ra ayni faollar Masharipovning hujum uyushtirgani ortidan logistik qo‘llovni muntazam amalga oshirishgan.

IShID archaga qarshi

IShID ekstremistik guruhi yangi yil kechasi Istanbulda 39 kishi o‘ldirilgan tungi klubga hujum uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga oldi.

Guruh nomidan e'lon qilingan bayonotda aytilishicha, «xalifalik askari nasroniylar bid'at bayramni qutlayotgan klubga hujumni amalga oshirgan».

Istanbuldagi Reina tungi klubidagi hujumda 39 kishi halok bo‘lgan, 69 odam yaralangan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 may 2021
(Shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobining 25-qismi. Matnning audioversiyasini muallifning o‘zi o‘qigan. Audiokitobning boshi va oldingi qismlari “Eltuz”ning ...
3 january 2026
1925 yil 3 yanvarda Benito Mussolinining Italiya parlamentida qilgan nutqi mamlakat tarixini mutlaqo boshqa yo‘nalishga burib yubordi. Bu kun ...
13 february 2019
O‘zbekiston Oliy sudi sudyasi J.Tirkashev xorazmlik jurnalistlar Bobojonovlar shikoyati bo‘yicha 1 fevral kungi sud ajrimi bilan ularning uylarini musodara ...
15 february 2021
O‘sha qadim, qadim zamonlarda davlati boy, odamlari erkin, baquvvat, oilalari baxtiyor, adolat ustun bo‘lgan mamlakatga to‘satdan yov bostirib kelibdi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...