Asosiy mavzular
20 january 2017

O‘zbekiston inson huquqlari kafolatlari bilan maqtanmoqda

«Xalq so‘zi» gazetasida (18.01) O‘zbekiston inson huquqlari milliy markazi raisining inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro paktlarning 50 yilligiga bag‘ishlab Moskvada bo‘lib o‘tgan ilmiy-amaliy konferentsiya to‘g‘risidagi maqolasi e'lon qilindi.

Muallif O‘zbekiston inson huquqlari borasidagi ko‘plab xalqaro hujjatlarga qo‘shilganini ta'kidlar ekan, bu boradagi «yutuqlar»ni erinmay sanab o‘tadi.

Shular qatorida «bosh vazirning virtual qabulxonasi katta qiziqishga sabab bo‘lgani»ni ta'kidlaydi.

Muallif o‘z maqtovlarini tadbir ishtirokchilarining fikrlari bilan mustahkamlashga harakat qiladi.

Xususan, uning yozishicha, Qiynoqlar va g‘ayriinsoniy yoki kamsitib muomala qilish yoki jazolashning oldini olish bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi a'zosi O.Noyanova «O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib inson huquqlari milliy institutlar tizimini yaratgani»ni qayd etgan.

Inson huquqlari bo‘yicha BMT Bosh komissari boshqarmasining Yevropa va Markaziy Osiyo sektori mudiri X.Tsedeva esa O‘zbekiston prezidentning sud-huquq tizimini isloh qilishga oid farmoni «sudlarning haqiqiy mustaqilligi va erkinligini ta'minlashga yo‘naltirilgan»ini bildirgan.

Albatta, bu arboblar O‘zbekistonda «birinchilardan bo‘lib yaratilgan inson huquqlari milliy tizimi» aslida qog‘ozdagina inson huquqlarini himoya qilishi, sudlar esa hokimiyatdan norozilarni jazolash vositasi bo‘lib qolayotganini bilmaydi, deyishga bizda asos yo‘q.

Agar shunday bo‘lgan taqdirda ularga «Hyuman rayts uotch» tashkilotining dunyoda inson huquqlariga oid yaqinda e'lon qilingan hisobotini yoki mustaqil OAVda mamlakatda nohaq qiynoqlar natijasida o‘lganlar, adolatsizlar qurboni bo‘layotganlar to‘g‘risida e'lon qilingan maqolalarni o‘qishni maslahat bergan bo‘lardik.

Masalan, o‘tgan yilning avgustida buxorolik tadbirkor, aka-uka ibodovlar hibsga olingan, keyinchalik Ilhom Ibodov MXX xodimlari tomonidan qiynab o‘ldirilgan edi. Uning akasi Rahim Ibodov hamon qamoqda qolmoqda.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 october 2016
Bugun o‘zbek turmasida 23 yilu 4 oy qolgan 72 yoshli Samandar Qo‘qonov ozod etilgani haqida tarqalgan xabar noto‘g‘ri bo‘lib ...
4 may 2021
“Abdulla G‘arip Prodakshn”, rassom Elsevar, rassom Tuz va “Eltuz” yangi siyosiy satirik animatsion filmlar turkumining uchinchi qismini taqdim etadi. ...
21 august 2019
So‘nggi kunlarda so‘mning keskin tarzda qadrsizlantirilishi sabablaridan biri oydinlashdi – hukumat naqd valyutani aholiga sotish amaliyotiga o‘tdi.  Shu vaqtgacha ...
17 april 2019
Rassom Kirpi Eltuz.com
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...