Asosiy mavzular
24 february 2017

Tsenzorning erkinlikka chorlovi

So‘nggi vaqtlarda o‘zbek matbuotida ilgari tilga olinmagan mavzular ko‘tarilayotganiga bir necha marta e'tibor qaratgandek.

«Oila va jamiyat» gazetasida (22.02) «O‘zbekiston ovozi» gazetasi bosh muharriri Safar Ostonov bilan suhbatni o‘qib, aynan matbuot erkinligiga o‘z ta'siri doirasida to‘sqinlik qilib shaxslar bugun yana qahramonlik da'vosini qilayotganiga dalil topgandek bo‘ldik.

Chunki «O‘zbekiston ovozi» gazetasini kuzatib borsangiz, u nafaqat kechagi kunlarda o‘zbek matbuotining eng yomon ko‘rinishi namunasi bo‘lganini, balki bugun ham qariyb o‘sha ahvolda ekaniga guvoh bo‘lasiz.

Ammo «Oila va jamiyat» muxbiri bilan suhbatda bu bosh muharrir xuddi erkin matbuot targ‘ibotchisidek taassurot uyg‘otishga harakat qilgan, lekin ilk gaplarining o‘ziyoq uning aslida bunga qarshi ekanini ko‘rsatib qo‘ygan.

«Birinchi prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida olib borilgan keng ko‘lamli islohotlarni bugun yanada katta talab va mas'uliyat bilan davom ettirishni hayotning o‘zi talab qilmoqda», deb gap boshlagan bu «matbuot darg‘asi».

Aslida I.Karimov hukmronligi o‘zbek matbuotini bichib qo‘ygani, uni abgor qilganini bu «mutafakkir» bilmaydi deb o‘ylaysizmi? Biladi. Bilgani-ku mayli, bu siyosatni amalga oshiruvchilar safida turadi.
Shuning uchun intervyuda ham u umumiy gaplardan nariga o‘tmaydi, sixni ham, kabobni ham kuydirmaydigan fikrlarni qatorlashtirib tashlaydi.

Bosh muharrir so‘zlariga ozgina zalvor berish uchun: «Ilgari «Jurnalist surishtiruvi», «Sud ocherki» degan janrlar bor edi, bugun yo‘qolib ketdi», deb hammaga ma'lum gapni qistirib o‘tadi va «jurnalistlarimiz ijtimoiy muammolarni kam ko‘taradigan bo‘lib qoldi», deya yozg‘iradi.

O‘zbek matbuoti tanqid qilinganda «bugun bosh muharrirlar ham, jurnalistlarning o‘zi ham tsenzor bo‘lib ketdi» qabilidagi fikrlar bildiriladi.

Eng qizig‘i, ana shunday tsenzor vazifasini o‘tab kelganlar bugun matbuot erkinligi haqida boshqalarga aql o‘rgatmoqda. Ular yanada bosh qahramon roliga da'vogar bo‘lyapti.

Shunday ekan, bunday «qahramonlar»ga yana bosh rol taklif etilayotgan yurtimizda matbuotning erkinlashuviga qanchalik ishonish mumkin?

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 august 2022
Salom qadrli tomoshabinlar, Eltuz portalining bugungi soni odatdagi formatda. Ya'ni undan navbatdagi beshta shikoyat o‘rin olgan. Shikoyatlar mazmuni yangi ...
26 december 2025
«Vaqtingiz chegaralangan, shunday ekan, uni boshqa birovning hayoti bilan yashab o‘tkazib yubormang.» 
31 december 2018
Prezident Mirziyoevning tovuq, echki boqib, limon ekib daromad topish populistik iqtisodiy-siyosati 2019 yil arafasiga kelib butunlay yo‘qqa chiqdi. Oxirgi ...
14 october 2021
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT)ning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) kuzatuvchilar missiyasi 11 oktyabr kuni O‘zbekistondagi prezident ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...