Asosiy mavzular
10 april 2017

Kambag‘allik sababi kommunal to‘lovlardan qarzdorlikmi?

«Oila va jamiyat» gazetasida (05.04) «Nega topganimizda baraka yo‘q?» maqolani o‘qirkan, jurnalist iddaosidagi turli paradokslarga duch keldik. Maqola O‘zbekistondagi ko‘plarni qiynayotgan kambag‘allik – topish tutishda barakaning yo‘qligi sabablari haqida.

So‘nggi vaqtlarda jurnalistlarning mayda bo‘lsa-da, ayrim muammolarni ko‘tarib chiqayotganiga, xalq manfaatiga aloqadar kichik-kichik mavzularga qo‘l urayotganiga ko‘zimiz tushayotgani uchun «nahotki bugungi O‘zbekistondagi ish haqlari kamligi, kishilar topganini ertasiga yetkaza olmayotgani haqida yozilgan bo‘lsa», degan o‘yda uni o‘qishga tushdik.

«Kunni tunga, tunni tongga ulab mehnat qilamiz, na uyqumizda, na yurish-turishimizda halovat bor. Ammo ko‘pchilik biri ikki bo‘lmayotganidan noliydi», deya boshlangan maqolada orzu-havaslarning daqiqa sayin o‘sishi, bolalar katta bo‘lib, xarajatlar ham kattalashib borayotgani buning oddiy sababi ekani ta'kidlanadi.

Muallif baraka yo‘qligining «jiddiy sababi»ni qarzdorlikka bog‘lagandan keyin yuqorida miyamizga kelgan o‘yning asossiz ekani, jurnalistning maqsadi aslida aholini qiynayotgan masalani ko‘tarish emas, kishilarni kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashga undash ekani ma'lum bo‘lib qoldi.

Maqolada iddao qilinishicha, ko‘pchilik kommunal to‘lovlarni qarz o‘rnida ko‘rmaydi. Ammo turli tadbirlar uyushtirish, birovnikidan dabdabali qilib to‘ylar o‘tkazish uchun pul topiladi.

Mazkur iddaolar Islom instituti o‘qituvchisi bo‘lgan din peshvosining dinimizda qarzdorlik masalasida berilgan ko‘rsatmalari bilan mustahkamlanadi.

To‘g‘ri, kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish kerak. Lekin sohadagi qarzdorlik borasida gapirganda aravani quruq olib qochib, aybni xalqqa ag‘darishdan oldin mazkur qarzdorlikka sabab aholining to‘lov qobiliyati pastligini aytish kerak emasmidi?

Ko‘pchilik qora qozonini qaynatishga qiynalib turgan bir paytda kommunal to‘lovlar narxi tinimsiz o‘sib borayotgani, ish haqlari va bu to‘lovlar o‘rtasida mutanosiblik yo‘qligini ko‘rsatib berish mantiqli bo‘lmasmidi?

«Issiq suv uchun to‘lab qo‘y, gaz uchun to‘lab qo‘y, elektr haqini esdan chiqarma» qabilidagi chaqiriqlar ham matbuotda, ham teleradiokanallarda tinimsiz yangrayotgan bir paytda aholini bunday qarzdorlikka mahkum etayotgan asl sabablar haqida ochiq-oydin yozilsa, oqilona ish bo‘lardi nazarimizda.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 august 2021
O‘zbek olimlarining xorijda e'lon qilinadigan maqolalarining 98 foizga yaqini obro‘si yo‘q jurnallarda chop etiladi. Devid Trilling Markaziy Osiyo bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni kuzatib ...
8 august 2025
Eltuzga kelgan navbatdagi 5 ta so‘nggi murojaat O‘zbekistonning Samarqand, Namangan, Surxondaryo va Buxoro viloyatlaridan kelgan. Ular – ekologiya, gaz, ...
8 october 2025
Savol: Bugungi erkinlik,siyosiy turlilik va demokratiya darajasi 1991 yildagi xolatdan qancha uzoq?
10 june 2019
Toshkent kurantiga taqab plastik va shishadan kafe-bar uchun terassa-ayvon qurilishi nafaqat yangidan tiklandi, balki kurantning ikkinchi tomonida ham xuddi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...