Asosiy mavzular
14 may 2022

15 may – shoir Botu tug‘ilgan kun

1938 yil 9 may kuni 34 ëshida Moskvada xalq dushmani deya otib o‘ldirilgan Botu (Mahmud Hodiev) Turkiston modern she'riyatining ërqin vakillaridan biri edi.

Stalin jallodlari qo‘lida o‘lishini his qilgan shoir 1929 yilda “Ey, muarrix, ushla ëzg‘ich, bizni esla shon bilan”, deya xitob qilgan edi.

Botu o‘zbek ëzuvchi va shoirlarining chaquviga asosan 1930 yili qamoqqa olinib, Solovki orollariga surgun qilindi.

Botu “millatchilikda” ayblanadi.

8 yil mobaynida qiynoqlar va noinsoniy munosabat bilan yuzma-yuz bo‘lgan Botu ruhan sinmadi¸ boshqalardan farqli o‘laroq, chaquv hujjatlariga imzo chekmadi.

Shoirning rafiqasiga ko‘ra, 1936 yildan keyin Botudan xat-xabar kelmay qo‘ygan.

«Eltuz» tasarrufidagi tarixiy hujjatlarda Botuning 1938 yil 9 mayda Moskvada xalq dushmani sifatida nohaq ayblanib, tribunal hukmi bilan otib tashlangani ëziladi. Ayni paytda shoirning oldin otib o‘ldirilib, keyin hukmning rasmiylashtirilgani haqida ham iddaolar bor.

Har holda 1938 yili ëzuvchining oilasiga qatl haqida habar berilmagan.

1941 yili shoirning rafiqasi ham qamoqqa olinib, 10 yil surgunga yuboriladi.

1942 yili shoirning o‘g‘li Erkli “millatchi xalq dushmanining o‘g‘li”, degan ayb bilan 4 yilga qamaladi.

Shoirning otib o‘ldirilganligini uning qizi Naima opa Solovki lageriga otasini izlab borganida KGB arxivlaridan bilib oladi.

Shoir Botu 1958 yili reablitatsiya qilingan bo‘lsa ham O‘zbekiston SSR ëzuvchilar uyushmasi uni adib sifatida oqlashga shoshmaydi.

Turkistonni uyg‘otmoqchi bo‘lgan juvonmarg shoir

1904 yilning 15 mayida Toshkentda tug‘ilgan Botu 1914 yildan to 1917 yilgacha rus-tuzem maktabida o‘qidi.

1921 yildan to 1927 yilgacha Moskva davlat universitetining iqtisod fakultetida tahsil olgan Botu hali talaba bo‘lgan 1925 yilda «Umid uchqunlari» nomli she'rlar kitobini nashr qildirdi.

Bu kitobida ësh shoir Turkiston elini uyg‘oqlikka chorlaydi:

Butun og‘ochlar chiqardi yaproq,
Ulug‘ Tangrining qudratiga boq.
Qushlar sayrashur og‘ochga qo‘nib,
Har kimni ko‘rsang yurar shodlanib.
G‘ir-g‘ir shamollar yuzga urarlar,
Ko‘ngilga qanday shodlik berarlar.
Qish o‘tdi emdi, ey turonliklar,
Bitsin yalqovlik, turkistonliklar!

Ammo turkistonliklarning yalqovligi ësh shoirning nidosi bilan tugamagach¸ Botu she'rlarida huzun ishoratlari ko‘rina boshlaydi:

So‘rma, o‘rtoq, ko‘zlarimda
o‘tli yosh qaynashganin,
So‘rma hech bir yuzlarimda
qayg‘ular o‘rnashganin,
So‘rma bu majnun ko‘ngilning
dard ichida yonganin,
So‘rma bu mahzun xayolning
qay ochunda yurganin.
Bu so‘roqlarga javob qo‘ngil
sirin ochmoq, demak,
Dardli qalb vulqonlaridan
lavalar sochmoq, demak,
Lavalar sochmoq butun borliqni
yo‘q etmoq, demak,
Marhamat yo‘q, to‘g‘rilik yo‘q
dunyodan kechmoq kerak.
Dardlilar dard anglatolmas
dardsiza so‘zlov bilan,
Ko‘rsatib bo‘lmas quyoshni
ko‘zsiza maqtov bilan.

Botuning ilk so‘zi ham, so‘ng so‘zi ham UMID haqida bo‘ldi. Qamalishidan oldin ëzgan she'rlaridan biri “Umid so‘zlari” deya nomlangan:

Yurakda umidlar, amallar…
To‘zimsiz qirg‘oqni bosarkan,
Nega men chaqmokday yugurmay?!

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 november 2016
Keyingi yillarda O‘zbekistonda paxta yig‘im-terimi davrida majburiy mehnat monitoringini amalga oshirib kelaeyotgan Xalqaro Mehnat tashkiloti (ILO) kuzatuvchilari muammolar ancha ...
27 march 2017
Bahor dunyoning turli nuqtalarida turlicha keladi. Chunki bahorni hamma o‘zgacha talqin qiladi, o‘z bilganigacha ta'riflaydi. O‘zbekistonning bosma nashrlari ham ...
28 august 2017
Shoir Yusuf Rasul 1971 yil Tojikistonning Panjikent tumanida tug‘ilgan. 1993 yilda ToshDuning jurnalistika fakultetini tamomlagan. O‘zbek vaqtli matbuotidab Bi-Bi-Si, ...
3 august 2024
Yashash soatining oltin kapkiri qimirlab-qimirlab bir xafta o‘tdi. Mana yana qarshingizdaman. Yuzma-yuz. Betma-bet. Achchiq haqiqatlarni aytish uchun bugun hizmatdaman. MS: Xo‘jik ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...