ART-DURBIN
20 july 2018

Muzey mudirasi: Zanglagan uskuna bois Shevchenkoning shoh asariga zarar yetdi

Nukus muzeyida 16 iyulga o‘tar kechasi zanglagan quvurdan oqqan suv mashhur futurist rassom Aleksandr Shevchenkoning «Chelak ko‘targan ayol» rasmiga zarar yetkazdi.

Voqea, «Eltuz» muxbirining o‘rganishicha, Savitskiy muzeyi ko‘rgazmalar zali shiftiga o‘rnatilgan yong‘inga qarshi moslamalar (sprinkler)dan birining kechasi uzilib tushishi oqibatida ro‘y bergan.

Bu holatni «Eltuz»ga tasdiqlarkan, muzey tasviriy san'at bo‘limi mudirasi Venera Kim hodisaning internetda ancha ko‘pirtirilganini ham aytdi.

«Shevchenkoning «Chelak ko‘targan ayoli»ga yetgan zarar internetda qay darajada ko‘pirtirilganidan xabarim bor», dedi Venera Kim. Uning aytishicha, nashrlar hatto muzeyda yong‘in chiqqani, Shevchenko asari tiklab bo‘lmas holga kelganini yozishgan.

Venera Vladimirovnaning «Eltuz»ga bildirishicha, aslida suv oqishi oqibatida mashhur polotnodagi moybo‘yoqning bir parchasigina ko‘chgan, ayrim joylari namiqqan va hozirda asarni mukammal restavratsiya qilish masalasi ko‘rilmoqda.

«Agar bilsangiz, ayni suv purkagich moslamalar o‘sha siz bilgan muzeyning oldingi rahbari Marinika Bobonazarova davrida o‘rnatilgan edi», dedi Venera Kim «Eltuz» muxbiri bilan suhbatida.

Shevchenko «Chelak ko‘targan ayol» asarini 1914 yilda yaratgan. Uning narxi bugungi kunda bir million dollardan ziyod baholanishi mumkin, chunki rassomning ko‘lami jihatdan kamroq qiymatdagi «Shahar chekkasida» asari 2012 yili 700 ming dollardan oshiq narxda sotilgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 september 2018
Sovet davrida bolalarni maktab partasidan paxta dalasiga quvish odatiy hol sanalardi. Qayta qurish yillarida sal susaygan bu an'ana O‘zbekiston ...
12 april 2022
Kollumnist Komil Jalilov 12 aprel kuni o‘zbek va rus tillarida gazeta.uz nashrida chop etilgan maqolasida o‘quvchilari e'tiborini bugungi o‘zbek ...
8 december 2020
Qishloq xo‘jaligi mutaxassisi, 70 yoshli Ismoil Ospanov “Eltuz” orqali turkum chiqishlarini davom ettirib, navbatdagi videosini Konstitutsiya kuniga bag‘ishladi. “Konstitutsiyani ...
24 april 2023
Joriy yilning 13 parel kuni yuz bergan Eltuzda yoritilgan xolat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi. Eltuzning telegram kanalida Madina Ismoilova ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...