Asosiy mavzular
24 august 2018

Telia Gulnoraning kasofatiga qoldi

Shvetsiyaning Telia transmilliy kommunikatsiya kompaniyasi sobiq boshqaruvchilari O‘zbekistonning marhum prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnoraning kasofatidan sud oldida javob berishga majbur bo‘lmoqda.

Ular Gulnora Karimovaga kamida 350 million dollar pora berganlikda ayblanib, Stokgolm sudi oldida javob beradigan bo‘lyapti.

Sobiq TeliaSonera kompaniyasi O‘zbekiston mobil aloqa bozorida Ucell brendi ostida faoliyat yuritgan.  

Kompaniyaning 2003-2007 yillardagi moliyaviy direktori va vitse-prezidenti Tero Kivisaari, 2007-2013 yillarda bosh menejeri bo‘lgan Lars Nyuberg va Yevroosië faoliyati bo‘yicha bosh maslahatchisi Uli Tuima sudlanuvchilar kursisidan joy oladi.

Ular Ucell faoliyati uchun zarur bo‘lgan litsenziya olish va alohida himoyada bo‘lish uchun Gulnora Karimovaga yirik miqdorda pora berishda ayblanmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, Gulnora Karimovaning o‘zi sudlanuvchilar ro‘yxatida yo‘q. Uning Shvetsiya kompaniyasidan pora olgan asosiy shaxs ekani deyarli isbotini topib bo‘lgan. Shuning uchun muhimi uning sudda qatnashishi emas, balki bu jinoyat ekanini bila turib unga pora bergan Telia sobiq rahbarlarining sudga tortilishidir.

Ta'kidlash kerakki, aktsiyalarining 37 foizdan oshig‘i shved hukumatiga qarashli Telia kompaniyasi AQSh Adliya vazirligi bilan sudgacha erishilgan kelishuvda O‘zbekistonga kirish uchun Gulnora Karimovaga 331 million dollar pora berganiga iqror bo‘lgan va 2017 yil sentyabrda qariyb 1 milliard dollar jarima to‘lashga ko‘ngan.

Mavjud xabarlarga ishonilsa, hozircha mazkur ish yuzasidan shved sudida ko‘rsatma beradigan guvohlar ro‘yxatida O‘zbekistondan faqat Bosh prokuraturaning Uyushgan jinoyatchilik va korruptsiyaga qarshi kurash boshqarmasi rahbari lavozimida ishlagan Shavkat Umrzoqov nomi kiritilgan.

Gulnora Karimova tomonidan orttirilgan bu noqonuniy pullar mojarosi Shveytsariyada ham davom etmoqda.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Shveytsariya tomoni ayni paytda musodara qilingan bu mablag‘larni O‘zbekistonga topshirish jarayoni ustida ishlamoqda.

Ammo O‘zbekiston fuqarolik jamiyatining bir qator faollari Gulnora Karimovaning Shveytsariya banklarida saqlanayotgan pullarini shunchaki rasmiy Toshkentga topshirib yuborishga shoshilmaslikka chaqiryapti.

Ularning fikricha, bu mablag‘lar O‘zbekistonga mamlakat rahbariyati va'da qilayotgan islohotlarning ijobiy amaliy natijalariga qarab, bo‘lib-bo‘lib qaytarilishi lozim.

Bahodir Sharif
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 november 2023
Shou loyihasidan ko‘rsatuv homiylari, va prodyusserlari bosimi ostida bir necha iste'dodli yoshlar chetlatildi. 12 finalistdan biri bo‘lgan Vlada Kim ...
25 june 2016
23 iyun oqshomida Toshkentdagi forumlar saroyida raqsga tushgan va qo‘shiq aytganlar orasida ham, tomoshabinlar qatorida ham O‘zbekiston xalq artisti ...
7 january 2016
Saudiy Arabistoniga rasmiy safari doirasida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Makkai Mukarramaga borib, o‘z yaqinlari bilan Umra ibodatini ado etdi. ...
28 march 2017
20 mart kuni e'lon qilingan eng baxtli mamlakatlar reytingida O‘zbekistonliklar barcha sobiq Sovet davlatlarini ortda qoldirdi. Gallup tadqiqot markazi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...