Asosiy mavzular
7 march 2023

O‘zbekistonda ayol bo‘lish nimani anglatadi?

1) Siz tug‘ilganingizda o‘g‘il bola tug‘ilgani kabi quvonishmaydi. «Bola o‘ldirishdan ko‘ra kamroq tarqalgan selektiv abortlar bilan ulkan miqdorda qiz bolalar yo‘q qilinadi

2)  Siz ayollik turqingizdan uyalish kerakligini anglaysiz. O‘zbekistonda ayollar prokladkasini reklama qilish uyat hisoblanadi. Adekvat tarzdagi jinsiy tarbiya yo‘q. Hayz ko‘rish (menstruatsiya) mavzusiga tabu qo‘yilgan. Ko‘pchilik ayollar bu paytda «iflos» bo‘lishadi, deya o‘ylashadi. Hayz ko‘rish faktini yashirish odatga kiritilgan. Maktab sinflarida, agar bu haqda ota-onalar qo‘mitasi o‘ylamasa, ayollar gigienasi fani o‘qitilmaydi.

3) Sizga asosiy muhim vazifang erga tegish deya o‘rgatishadi… Ko‘plab qizlar guruhlarida yoshlikdan ular turmushga chiqishlari lozimligi, ovqat qilish, uy yig‘ishtirish va yaxshi xotin bo‘lish ta'lim olishdan ko‘ra ancha muhim ekanligi uqtirib kelinadi»

4) Balog‘at yoshiga yetganingizdan so‘ng sizning istagingizsiz erga berishlari mumkin. «Erta nikohlar ko‘pincha yaqin oila a'zolari va uzoq qarindoshlar bosimi ostida yuz beradi, bunga bo‘ysunmagan taqdirda hatto tahdid va zo‘ravonlik qo‘llanishi mumkin.

5) Oliy ma'lumotga ega bo‘lishingiz qiyin amalga oshadi. Qizlar uchun oliy o‘quv yurti kontraktlarini to‘lash maqsadga muvofiq emas, deya hisoblanadi, chunki ularning asosiy vazifasi (yuqoriga qarang) turmush qurish va bola tug‘ish hisoblanadi. 

2017-2018 o‘quv yillarida kunduzgi bo‘limlarni 38% ayollar va 62% erkaklar bitirdi.

2017 yili 13316 oliy ma'lumotli ayol erga tegdi, uylangan, oliy ma'lumotli erkaklar soni esa 34642 nafar. Shuningdek, o‘qishni tashlab ketayotgan ayollar soni erkaklarnikiga nisbatan ancha ko‘p.

Shu o‘quv yilining o‘zida 12451 ayol, 7710 erkak o‘qishni tark qilgan.

6) Turmush qurgach, siz oilaning teng huquqli a'zosi bo‘lmaysiz.

«Tadqiqotlar ko‘rsatadiki, Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlarida […] aksariyat hollarda kelinning kuyov oilasi yashayotgan uyga ko‘chib o‘tishi ko‘zlanadi. Ko‘p hollarda bu katta hajmda haq to‘lanmaydigan uy ishlarini (ba'zan qishloq xo‘jaligi ishlarini ham) bajaruvchi oiladagi eng past maqomni anglatadi va uning vazifasiga nafaqat eri, balki boshqa oila a'zolariga ham xizmat qilish kiradi».

7) Bola tug‘ish ko‘pincha sizning eng asosiy funktsiyangiz bo‘ladi. Bu masalani o‘zingiz har qilishingizga yo‘l berishlari dargumon. «Markaziy Osiyodagi tadqiqotlar natijasi ko‘rsatadiki, oilaviy juftlik nikohlarining birinchi yiliyoq farzand kuta boshlashadi va ular toki o‘g‘il bola dunyoga kelmaguncha farzand ko‘rishda davom etishlari lozim bo‘ladi». Farzand ko‘rishni istamaslik cheklanadi. Faqat 2,4% ayollar bola tug‘ishga o‘zlari qaror berishadi.

8) Sizning ishga joylashishingiz ko‘plab omillarga bog‘liq va sizga kam oylik to‘lashadi. «Ayollarning ish topishlari qiyin, ko‘pincha ish beruvchi ayollarni kasalligi, bolasini boqqani uchun ijtimoiy nafaqa berishdan qochib ishga olishni istashmaydi

9) Siz jinsiy tajovuzga, tegajoqlikka duch kelishingiz mumkin… 
Tegajoqlik uchun O‘zbekistonda jazo yo‘q. Har kim jazosiz sizning dumbangizdan yoki ko‘kragingizdan ushlashi, avtobusda sizga olatini ishqashi mumkin va siz qonun bilan himoyalana olmaysiz. Bunday voqealar esa ushbu sahifada talaygina.

10) Va uydagi zo‘ravonliklar.

«Maishiy zo‘ravonlik qonunchilik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiqlanmagan, u ilgarigidek eng ko‘p tarqalgan holat. Jismoniy zo‘ravonlik qonun bilan jazolanishiga qaramay, militsiya ko‘pincha ayollarni erining ustidan shikoyat qilishidan qaytarib keladi va bunday maishiy zo‘ravonlarni faktlarning o‘ziga nisbatan kamdan kam hollarda uyidan olib ketishadi yoki qamashadi».

11) O‘zbekistonda zo‘rlangan ayol, zo‘rlagan erkak bo‘lishdan ko‘ra sharmandaliroq ish yo‘q. Agar sizga zo‘ravonlik ko‘rsatishsa, ayniqsa, jinsiy tarafdan, sizni bunda ayblashlari mumkin. Sizdan birinchi galda so‘rashadi: o‘z qilig‘ing yoki tashqi ko‘rinishing bilan zo‘ravonlikka o‘zing sababchi bo‘lmadingmi? 

BIZNING AYoLLIGIMIZNI YuZIMIZGA SOLIB, 8 MART BILAN TABRIKLASh KYeRAK EMAS. YaXShISI, BIZGA O‘Z HUQUQLARIMIZNI ERKIN AMALGA OShIRIShIMIZGA IMKON BYeRING.

Faina Yagafarova 
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 september 2018
Toshkent shahrining jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudida 12 centyabr kuni sobiq O‘zbekiston bosh prokurori 66 yashar Rashid Qodirov ...
4 april 2022
Qozog‘iston rasmiylari mamlakat prezidenti To‘qaevga suiqasd uyushtirishni rejalashtirgan “xorijiy razvedka agenti” qo‘lga olinganini ma'lum qildilar.  Lekin uning qaysi mamlakat ...
3 june 2019
Andijonda 25 may kuni e'lon qilingan shanbalik 29 may kuni ham davom etdi. Marhamat tumani elektr tarmoqlari korxonasi ishchisining ...
9 december 2019
Majburiy mehnat byurosining Pastdarg‘om tumani bo‘limi boshlig‘i Ilhom Hamdamovning 7 dekabr kuni o‘z vazifasidan ozod etilishini mamlakatdagi hokimiyat tanazzulining ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...