Asosiy mavzular
17 april 2019

Prezidentni tanqid nishoniga aylantirgan farmon

Prezident Shavkat Mirziyoevning mahalliy muqobillari mavjud import dorilarning davlat xaridlarini taqiqlash to‘g‘risidagi yaqinda qabul qilgan farmoni ijtimoiy tarmoqlarda noroziliklarga sabab bo‘ldi.

Prezidentning “2019-2021 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini yanada jadal rivojlantirish to‘g‘risida”gi farmonida bunday taqiq bir yarim yil muddatga belgilangan.

Farmondan maqsad import dorilarga qaramlikni bartaraf etish va mahalliy mahsulotlar turlarini ko‘paytirishdir. Shu bilan birga, hujjat ilgari mamlakatda ishlab chiqarilmagan dorilarni tayyorlashni rag‘batlantirishga ham xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.

Garchi ezgu niyatlarda chiqarilgani aytilayotgan bo‘lsa-da, bu farmon ijtimoiy tarmoqlarda salbiy qarshi olindi va prezidentning o‘zini tanqid nishoniga aylantirdi.

Xususan, Clara Askarova: “Hatto mamlakat prezidenti ham insonni tanlov huquqidan mahrum qilishga haqli emas. Avvalo, mamlakat farmatsevtika sanoatini xalqaro ishlab chiqaruvchilar darajasiga chiqarish kerak. Import yoki boshqa dorilarni mahalliy muqobillari bo‘lsa ham qanday taqiqlash mumkin? Mahalliy muqobillari foyda bermaydi-ku”, deb yozdi.

Anna Dolukhanyan esa: “Afsuski, u o‘z qarindoshlarini xorijda davolatadi, shuning uchun o‘ziga taalluqli bo‘lmagan farmonni imzoladi”, deya yozg‘irdi.

Anatoliy Saidov “shifokorlar uni (ya'ni prezidentni- tahririyat) faqat o‘zbek dorilari bilan davolashini” tilagan bo‘lsa, Sh Samar prezident bu farmoni bilan “aholi sonini radikal qisqartirishga qaror qilgani”ni ta'kidladi.

Oybek Uzbek ismli foydalanuvchi esa yanada qat'iylashdi: “Bizga bunday prezident nega kerak? Odamlarni sog‘lig‘idan ayirish… Hatto dushmanning ham xayoliga bunday ish kelmaydi… Keraksiz qurilishlarga pul bor, kerakli narsalarga esa yo‘q. Uning kerakli narsalarga nega pul yo‘qligini tushunib yetish vaqti kelgandir. Chunki pul keraksiz narsalarga sarflanmoqda…”.

“Bundan ahmoqonaroq qonunni hali o‘ylab topishmagan. Vrachlarning o‘zi faqat import dorilarni yozib berishadi. Malakali shifokorlarni topish bir muammo, endi sifatli dori ham bo‘lmaydimi”, deb yozdi Nafisa Nuriahmetova.

Elena Krasnopolskaya “xalq o‘zbek dorilari sinab ko‘riladigan sinov kalamushlari emas”ligini bildirdi. Uning fikricha: “Avval normal dorilar ishlab chiqarishni o‘rganish kerak. Xorijda tegishli sinovdan o‘tganidan so‘ng ularni qo‘llab-quvvatlasa bo‘ladi”.

“Axir garovga avlodlar sog‘lig‘i va inson hayoti tikilgan-ku”, deya norozilik bildirgan u.

Nailya Sadrieva “siyosatga qiziqish vaqti yetdi”, deb o‘ylay boshlaganini bildirgan.

“Qaysi partiya yetakchilik qilyapti? Nega u xalqqa qarshi qonunlar qabul qilyapti?… Hamma narsani o‘zgartirish kerak”, degan to‘xtamga kelgan bu foydalanuvchi.

Sardor Azim
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 march 2023
Mana o‘lmagan qul ko‘klamga ham yetdik. Qish to‘qsoni ortda qoldi. Anomal sovuqda o‘lmasdan bugunga yetib keldik. Bu kunlarga yetganlar ...
14 december 2020
Vazifasidan vaqtincha chetlatilgan Buxoro shahri prokurori Jasur Fozilov ijtimoiy mediada chiqish qilib, bosh prokuror Nig‘matulla Yo‘ldoshevni korruptsiyada aybladi. Bosh ...
16 june 2020
1947 yilda chop etilgan ilk “O‘zbekiston xalqlari tarixi” II jildining mundarijasidan bir parcha. Bundan nima xulosa qilishimiz mumkin? – ...
20 april 2021
(Shoir va siyosatchi Muhammad Solih audiokitobining davomi. Boshi “Eltuz”ning “Imperativ” ruknida. Davomi bor.) Sotsialistik hayot mening yosh yuragim uchun ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...