Asosiy mavzular
2 june 2019

Chiroqchida ayiqni o‘ldirishib, murdasini tahqirlab rasmga tushishdi

Qashqadarëning Chiroqchi tumani Tutli mahallasida 28 may kuni mahalliy ovchi ayiqni otib o‘ldirdi.

Bu haqda Nuz. Uz nashri O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib ma'lum qildi. Bundan oldin ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida “ayiq jasadini taxqirlagan o‘zbek yigiti” rasmi tarqalgan va segment g‘azabiga nishon bo‘lgan edi.

Bosh prokuratura ma'lumotiga ko‘ra¸ ayniqni chiroqchilik ovchi Qahramon Sulaymonov 16 kalibrli IJ-17 ov miltig‘i bilan otib o‘ldirgan:

“28 may kuni Qashqadarëning Samarqand viloyatiga qo‘shni Tutli qishlog‘iga ayiq oralagani aholini qo‘rqitgan.

O‘sha kuni qishloq turg‘unlari Hasan To‘raev¸ Rustam Sulaymonov va Haydar Ochilov qurol saqlashga rasman izni bor ovchi Qahramon Sulaymonovni chaqirib, ayiqni ottirishgan”.

Ana shundan keyin Chiroqchi tumani IIB xodimi ayiq o‘ligini tuman markaziga olib kelgan.

Veterinariya xizmati ayiqning quturgan ëki quturmaganligini tekshirish uchun jasadni qabul qilib olgan.

«Qizil kitob»ga kirgan ayiqni otib tashlash hodisasini o‘rganaëtgan tergovchilar “ayiqpolvonni o‘ldirmaslik” mumkin edi, degan versiyada ham jon borligini aytishgan.

Chunki ayiq aholi yashaydigan joydan 20 metr uzoqda o‘ldirilgan.

“Ayiq o‘ldiruvchilar” selfisi tarmoqda tarqalib ijtimoiy media yuzerlari g‘azabiga nishon bo‘ldi.

O‘zbekiston qonunchiligida o‘lgan ayiq murdasini tahqirlaganlarga jazo belgilanmagan.

Ko‘p hollarda «Qizil kitob»ga kirgan noëb hayvonlarni havasga o‘ldirganlar O‘zbekistonda jazolanmay qoladi.

Dunëdagi eng so‘nggi turon yo‘lbarsi 1949 yili O‘zbekistonning Beruniy tumanida mahalliy ovchi tarafidan otib o‘ldirilganida bu ovchi faxriy nishon bilan taqdirlangan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 may 2023
O‘zbekiston mustaqilligi uchun kurashgan Ro‘zi Nazar 2015 yilning 1 mayida olamdan o‘tdi. Ro‘zi Nazar temir parda ortida yashagan turkistonliklarga ...
13 september 2018
Toshkent shahrining jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudida 12 centyabr kuni sobiq O‘zbekiston bosh prokurori 66 yashar Rashid Qodirov ...
13 august 2018
Butun Tojikiston bo‘ylab militsiya yuz minglab soqollilarni ushlagan. Tojikiston janubidagi Xatlon viloyatida o‘tgan yili qariyb 13 ming nafar erkak ...
4 march 2020
Milliylik bilan assotsiatsiya uyg‘otadigan yana bir atribut — paxta guli tushirilgan choynak-piyola. Bu choynak-piyola dizayni o‘tgan asrning 60-yillarida ishlab ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...