Asosiy mavzular
3 october 2019

Shoir Mahmud Rajab qamoqdan chiqdi

«Toshkentga yurish» qilgani uchun qamalgan 56 yashar shoir Mahmud Rajab o‘n kunlik hibsdan so‘ng 3 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 15.30 da ozod etildi.

IIB hibsxonasi oldidan «Eltuz»ga xabar yetkazgan xorazmlik jurnalistning aytishicha, Mahmud Rajab ozod etilgan va uyiga jo‘natilganini bildirishgan.

Bloger Nafosat Olloshukurovaning taqdiri esa noma'lumligicha qolmoqda. Garchi 3 oktyabr kuni soat 15.30 lar atrofida Ollashukurovaning messenjer tarmog‘idagi akkaunti 10 daqiqaga qo‘shilgani kuzatildi. «Eltuz» uning yaqinlari bilan bog‘lanishga harakat qilmoqda.

25 sentyabr kuni Urganch shahri ma'muriy sudi raisi Dilmurod Ochilov «Toshkentga yurish» tashkil qilgani uchun ayblangan Mahmud Rajab va harakatni yoritgan bloger Nafosat Olloshukurovaga o‘n sutka ma'muriy jazo qo‘llanilganini ochiqlagani, shoir Mahmud Rajabning advokatdan voz kechgani haqida xabarlar chiqqan edi.

Nafosat Olloshukurova 24 sentyabr kuni tunda uni urishgani, ahvoli og‘ir ekani to‘g‘risida qamoqdan SMS chiqarishga ham ulgurgan edi. «Eltuz» manbalariga ko‘ra, «Toshkentga yurish» ishtirokchilarini IIB xodimlari avtobusga tiqib olib ketishayotgan paytda Nafosat Ollashukurova va kamida yana bir ayol kaltaklangan.

Mahmud Rajab ozod

Eslatib o‘tamiz, Mahmud Rajab shoir Muhammad Solih asarlarini O‘zbekistonga olib kirganlikda asossiz ayblanib tergovga tortilgan.

“Eltuz” nashri shoir Mahmud Rajab va voqealarni yoritgan bloger Nafosat Olloshukurova taqdiri bilan bog‘liq voqealarni kuzatishda davom etadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
31 july 2025
Bir million 700 ming aholiga suv deya bahonada olingan milliardlar qaerga «oqyapti»? —  Surxondaryoda «To‘palang» loyihasi ortida kimlar turibdi? ...
6 november 2025
Mirishkor tumanida mol va qo‘ylarni o‘g‘irlash holatlari sezilarli darajada oshgan. Bu haqida Eltuzga tuman aholisi xabar berdi. «Ayrim o‘g‘rilar ...
18 november 2025
FoxNews telekanaliga ko‘ra, AQShda ilgari qo‘yib yuborilgan va yuk mashinasi haydovchisi sifatida ishlagan o‘zbekistonlik noqonuniy muhojir terrorizmga aloqadorlik gumoni ...
7 december 2017
AQSh Davlat departamenti; AQSh Adliya departamenti; Birlashgan qirollikning Hamdo‘stlik ishlari va tashqi ishlar vazirligi. Markaziy Osiyoda inson huquqlari uyushmasi, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...