Asosiy mavzular
7 october 2019

Qamashidagi bog‘chalarga go‘sht o‘rniga prezident portreti berilgan

Qamashi tumanidagi 14 va 16-bolalar bog‘chalariga go‘sht o‘rniga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziëevning portretlari berilgan. 

Bu ma'lumotni “Eltuz”ga taqdim qilgan jurnalist Kamola Shermatovaga ko‘ra, bundan bir yil burun, 2018 yilning oktyabr oyida prezident portreti narxi 8 kilo mol go‘shtining bozordagi narxiga teng edi. 

Kamola Shermatova

Ya'ni prezident portreti Qashqadarë viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi tarafidan 280 ming so‘m narxlangan. Jurnalist o‘z iddaosining isboti sifatida yuk xatini ham “Eltuz”ga taqdim qildi. 

“Eltuz“ 14 va 16-bolalar bog‘chalarida shu kunlarda osig‘liq turgan prezident portretiga oid inventar ma'lumotlar mavjud emasligini ham aniqladi.

Muxbir ovga chiqdi, ortidan g‘avg‘o chiqdi

Hammasi jurnalist Kamola Shermatovaning Qashqadarë viloyatidagi 1-maktabgacha ta'lim muassasasi mudirasi Umida Xolmirzaevaning shikoyat arizasiga ko‘ra xizmat safariga chiqqanidan boshlandi. 

Bog‘cha mudirasi viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi kilosi 11 ming so‘m turadigan va muddati o‘tib ketgan “buterbrod yog‘i”ning kilosini 41 ming so‘mlik sariëg‘ deya bog‘chalarga o‘tkazaëtgani haqida shikoyat qildi. 

Muxbir Qamashi tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi bosh hisobchisi va boshqa mutasaddilardan olingan ma'lumotlar asosida bu sxemani fosh etdi. 

U bolalarga sariëg‘ o‘rniga muddati o‘tib ketgan va Qamashining jazirma havosida battar yaroqsiz holga kelgan margarin berilgani faktini aniqlaydi.

“Eltuz”ga ma'lum bo‘lishicha, Qamashi tumani DSENM bosh shifokori O‘lmas Yo‘ldoshev ushbu mahsulotning bog‘chalarga tarqatilishiga ruxsat bermagan.

“Ushbu «buterbrod yog‘i» asosan kulinariyada ishlatiladi. Ammo uni sariyog‘ sifatida bolalarga iste'mol uchun berilishi mumkin emas, men shuning uchun ruxsat bermaganman”, deydi Yo‘ldoshev.

Jurnalist Shermatovaga ko‘ra¸ “buterbrod yog‘i” maktabgacha ta'lim bo‘limi (MTB)ning muzlatkichi bo‘lmagan omborida 39 kun davomida saqlangani ortidan bog‘chalarga tarqatib yuborilgan.

Shermatova ayni voqea yuzasidan amaldorlarning iqror bo‘lgani ovozlarini ijtimoiy tarmoqqa joyladi.

«Go‘sht berilgani» haqidagi yuk xati

“Hujjatlarga e'tibor qaratsak, 2019 yil 19 iyun oyida “buterbrod yog‘i” bog‘chalarga tarqatilib, 1 iyulda shartnoma tuzilyapti. Odatda birjada tender asosida o‘ynalib, birja xulosasi orqali tashkilot bilan shartnoma tuzilib, mablag‘ning 15 foizi o‘tkazib berilishi kerak emasmi? 

Bu yerda, aksincha, maktabgacha ta'lim bo‘limi huquqshunosi mehnat ta'tilidaligi sababli tanish advokatlari Shoymardonova bilan tuman MTB o‘rtasida fuqarolik shartnomasi tuzmasdan, 329-modda talablarini qo‘pol ravishda buzib, shartnomani imzolab beryapti? Qani DSENM ruxsati, deya “advokat” savol ham bermagan. 

Yana bitta shartnomaga esa huquqshunosning imzosi qo‘yilib tasdiqlanmagan. DSENM rahbarining ruxsat bermaganligini inobatga olmay, viloyat DSENMdan “ruxsat berildi”, degan boshqa xulosa olib kelingan. 

Jurnalistning xizmat safari guvohnomasi

Xo‘sh, toza holda kelgan mahsulotni o‘ttiz to‘qqiz kun ob-havo issiqligiga qaramay muzlatkich emas, omborxonada saqlab, nega iste'molga yaroqsiz holatga keltirib, xalqning bolasiga yediradi?” deya savol qo‘yadi jurnalist.

Ana shundan keyin Qashqadarë maktabgacha ta'lim boshqarmasi rahbariyati mavjud vaziyatni o‘nglash o‘rniga kamchilikni fosh qilgan muxbirni obro‘sizlantirish tadbirini boshlaydi.

Shermatovaning iddao qilishicha¸ boshqarma rahbariyati “ëllanma blogerlar ko‘magida muxbirni obro‘sizlantiruvchi maqolalarni viloyat matbuotida e'lon qolgan”.

“Eltuz” tahririyati maqolada ko‘tarilgan mavzu yuzasidan Maktabgacha vazirligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Mirziyoeva Shahnoza Shavkatovnadan izoh kutadi.

Nega Qashqadarëdagi bog‘cha tarbiyalanuvchilari go‘sht o‘rniga otangizning rasmini tomosha qilishlari kerak?

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 september 2019
Adolat izlab Xorazmdan Toshkentga yo‘lga chiqqan “Erk” demokratik partiyasi a'zosi, shoir va jurnalist Mahmud Rajabning bu aktsiyasi O‘zbekistonda Islom ...
24 april 2019
Adliya vazirligining o‘z telegram kanali orqali yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish yoxud o‘tkazish tartibini buzish javobgarlikka tortilishga ...
24 december 2025
11 dekabr kuni soat taxminan 22:30 lar atrofida Ummatqulov Berdiyor Baxtiyorovichni moshina urib ketdi.  Rulda ichki ishlar xodimi bo‘lgani ...
21 september 2018
“Integral Invest” shirkati rahbari, 18 oy hibsda qolgan yirik tadbirkor 51 yoshli Jahongir Umarov kassatsiya shikoyatidan so‘ng 15 sentyabrda ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...