Asosiy mavzular
10 october 2019

Yangi matbuot xizmatini yaratish bahonasidagi ko‘zbo‘yamachiliklar

Bugun respublikada matbuot xizmatlariga e'tibor qaratilmoqda, urra, urra bilan prezident qarori asosida barcha shahar, tuman tashkilotlarida, hokimliklarida yangidan axborot xizmatlari tashkil qilindi. 

4 oktyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Komil Allamjonov rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Allamjonov tomonidan matbuot xizmatlari faoliyati keskin tanqid ostiga olindi. 

“Rahbarlar jon-jahdi bilan ishlashyapti-yu, ammo axborot xizmatlari ularning ishini ko‘rsatib bera olmayapti… Sizlar prezident qarori ostida ishlashingiz kerak. Sizning maqomingiz rahbar o‘rinbosariga tenglashtirilgan”, – deya xulosa qildi Allamjonov. 

Prezidentning 2019 yil 27 iyundagi “Axborot vositalari mustaqilligini ta'minlash hamda davlat organlari tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 4-qismi “b” bandida “Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari bir vaqtning o‘zida davlat organi va tashkilot rahbarining matbuot kotibi hisoblanib, axborot siyosati masalalari bo‘yicha rahbarning maslahatchisi maqomiga ega bo‘ladi hamda mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlariga ko‘ra davlat organi va tashkilot rahbarining o‘rinbosariga tenglashtiriladi”, deyilgan.

Mazkur qaror ijrosini ta'minlash maqsadida barcha viloyatlarda mahalliy hokimliklar huzurida axborot xizmatlarini tashkil qilish ishlari boshlab yuborildi. 

Kadrlar masalasida ancha qiyinchiliklarga duch kelindi. Lavozimga tayinlash maqsadida hokimlarning farmoyishlari chiqarildi. 

Ammo ikki oy bo‘lyaptiki, Allamjonov aytganidek, bu lavozimdagilar haqiqatdan ham hokim o‘rinbosariga tenglashtirilganmikin? 

Yoki kerakli imkoniyatlar, sharoitlar yaratildimi, inventarlar bilan ta'minlandimi? 

Eng achinarlisi, ularga hali oylik maosh tayinlangani yo‘q. Tuman hokimliklarida faoliyat yurita boshlagan axborot xizmatlari ikki oydan beri maoshsiz va ularga yaratib berilishi shart bo‘lgan sharoitsiz ishlashmoqda. 

Viloyat hokimliklarida, tashkilotlarida ham bu masala haligacha oydinlashgani yo‘q. Ishni talab qilishni bilgan rahbar lozim bo‘lgan imkoniyatlarni ham o‘rniga qo‘yish kerak nazdimizda.  

Bu ko‘zbo‘yamachiliklarning nima keragi bor? Yana shuni ta'kidlash lozimki, endilikda tuman hokimliklari matbuot xizmatlarini oylik bilan ta'minlash uchun hokimlikdagi istalgan bir shtat o‘rniga matbuot xizmati rahbarini ishga oladi. 

Qog‘ozda tuman hokimligida yetakchi mutaxassis, amalda va og‘izda tuman hokimligi axborot xizmati rahbari. Eng achinarlisi, axborot xizmati rahbariga o‘rnini bo‘shatib bergan xodim ishsiz qoladi. 

Unga shtatlar qisqarishi, deya javob berishadi. Fikrimizcha, shtatlar jadvali tasdiqlangandan keyin xodimlarni ishga olish lozim edi. Axborot xizmatlari bugun ana shunday achinarli ahvolda ekan, Allamjonovning ularni bunday tanqid ostiga olishi noto‘g‘ri. 

Masalaning tub mohiyatidan xabardor Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bu muammolarni bartaraf etish choarlarni izlaydi, degan umiddamiz.

Maqola muallifi tuman hokimliklaridan birida ishlovchi, ismi sir qolishini istagan matbuot kotibi

Tag‘in o‘qing
9 january 2023
Rassom Tuz: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.Matchon Suqilish: Nichiksizlar mo‘chchi oybika ham ...
6 april 2025
So‘nggi paytlarda O‘zbekistonda plastik jarrohlikka bo‘lgan qiziqish shu darajada o‘sdiki, odamlar hatto bu yo‘lda hayotini xavf ostiga qo‘ya boshladi. ...
7 april 2016
O‘zbekistonliklar orasida so‘nggi kunlarda avj olgan 16 va 32 kilogrammlik polvontoshlarni qidirish vasvasasi mashhur «Oltin devor» p'esasini eslatadi, faqat ...
19 august 2019
Yonidan Muhammad Solih kitoblari chiqqani uchun bosimga uchrayotgan shoir Mahmud Rajab tergovi respublikada o‘tgan hafta kechgan quyidagi voqealar fonida ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...