Asosiy mavzular
2 march 2021

O‘zbekiston mustaqilligi asoschisi 90 yoshda

Bugun men uchun va men mansub bo‘lgan millat uchun aziz inson – Sovet Ittifoqining ilk va so‘nggi prezidenti Mixail Gorbachyov tug‘ilgan kun.

Aynan Gorbachyov bergan hurriyat bois men, jurfakning oddiy talabasi, mustaqil “Erkin so‘z” gazetasini nashr qildim, “Erkin ëshlar” uyushmasini tuzib, talabalarni harakatga keltirish tashabbuskorlaridan biri bo‘ldim.

O‘shanda sovet mafkurasidan miyasi beton kabi qotgan domlalar senga bu jur'atni kim berdi deganida, Mixail Gorbachyov deganman.

Ayni jur'at qanotida O‘zbekistondagi ilk mustaqil TV tashkilotchisi bo‘ldim. Agar Gorbachyov bo‘lmaganida O‘zbekiston mustaqil bo‘lmas edi. Gorbachyovdan minnatdorman. Faqat bu minnatdorlik qatida ozgina gina-kudurat ham bor.

Bizga demokratiya, so‘z erkinligi va, eng muhimi, mustaqillik ato qilgan Gorbachyov boshimizga Karimov kabi bir johil mustabidni tikib ketdi. 1989 yil 23 iyun kuni Mixail Gorbachyov O‘zbekiston Kompartiyasi birinchi kotibligiga Karimovni tayinladi.

Insof yuzasidan aytish kerak, Gorbachyov avval boshidanoq Karimov nomzodiga qarshi chiqdi va uning nomzodini tasdiqlamadi. Kadrlar bo‘yicha mas'ul Yegor Ligachyov ham Karimovga qarshi bo‘ldi. Ular tasarrufidagi ma'lumotlarda Karimov boshqalardan farq qilmaydigan johil bir obkom kotibi edi.

Ammo SSSR tashqi ishlar vaziri Eduard Shevardnadze Gorbachyovni ko‘ndirgan. Sovet Ittifoqi kabi ulkan mamlakatning ming bir tashvishi bilan band Gorbachyov shartli tarzda bu nusxani O‘zbekistonga rahbar qilib qo‘ydi. U ëg‘i nima bo‘lganiga tarix guvoh.

Baribir Gorbachyovga uzoq umr tilayman va u o‘zi yaratgan kaltakesaklardan uzoqroq yashaydi, deb umid qilaman.

Qudrat Bobojon
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 december 2025
AQSh va Yevropa davlatlari urushdan keyin Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar tayyorladi, deb yozadi The New York Times. Reja Ukraina ...
23 august 2018
«2000 yillarda, zonalarda xizmat qilayotgan melisa xodimlari ham arang ro‘zg‘or tebratishayotgani, buning oqibatida Karimov olib borayotgan siyosatga norozi ekanliklari ...
5 october 2023
Eltuzga yetib kelgan dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 4 oktyabr kuni Bishkek markazida amalga oshirilgan jinoyatchilarni  qo‘lga amaliyoti chog‘ida Qirg‘izistonlik Qamchibek ...
18 december 2025
Taniqli publitsist va sobiq deputat Karim Bahriev deyarli ikki yarim soat davom etgan Lolazor podkasti oxirida Islom Karimov davridagi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...