Asosiy mavzular
2 june 2021

Deputat Safar Ostonov qonunni nega buzmoqda?

Rost24 nashri deputat Safar Ostonovning qonunga xilof tarzda gazeta bosh muharriri bo‘lib qolayotganiga e'tibor qaratdi.

Maqolada bildirilishicha, Safar Ostonov o‘tgan yilning 22 dekabrida Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on 63-saylov okrugidan Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga deputat qilib saylangan edi. 

«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a'zosining maqomi to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin emas.

Biroq Safar Ostonov hozirgacha ilgarigidek «O‘zbekiston ovozi» va «Golos Uzbekistana» gazetalarida bosh muharriri lavozimida, ya'ni maosh to‘lanadigan ikkinchi joyda ishlashda davom etmoqda.

«Qonun ijodkori bo‘lgan deputat Safar Ostonov O‘zbekiston fuqarosi sifatida O‘zbekiston qonunchiligini hurmat qilishi lozim emasmi?!” deya pisanda qiladi Rost24 nashri.

Tag‘in o‘qing
7 december 2016
Jahon hamjamiyati, o‘zbek fuqarolik jamiyati faollari va YeHHT kuzatuvchilari saylovlarning bu safar ham eskicha o‘tganini e'tirof qildi, garchi o‘zbek ...
15 january 2019
O‘zbekistonda Vatan himoyachilari kuni nishonlandi… bu esa bolalar bog‘chasida olingan surat… Nimaga bolalarga armiya formasini kiygizishmoqda, men bilmayman, biroq ...
10 april 2020
Kemaga chiqqanda yuzlarcha sayyoh,Bo‘lishar bitta jon, yagona tilak.To‘fonga duch kelib to‘zg‘isa nogoh,Ajal yaqinlashsa, jonlari bo‘lak. To‘lqinlar chiqargan sandiqda marjonQolib ...
19 november 2025
9 noyabr kuni Toshkentda «Xorazm rassomlari» ko‘rgazmasi bo‘ladi. Na amerika va na O‘zbekiston  xaritada bo‘lmagan  qadim zamonlarda ham Xorazm ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...