Asosiy mavzular
5 november 2021

O‘zbekiston: Darg‘azab internet foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoqlardagi taqiqlar ustidan qisman g‘alaba qozonishdi

O‘zbekistonda internetdagi bir qancha tarmoqlarning bloklab qo‘yilishi ko‘plab foydalanuvchilarning keskin noroziligini keltirib chiqarishi ortidan bu ishga aloqador ko‘ringan ayrim amaldorlarning “boshi uchdi”.

Taqiq qo‘yilgan tarmoqlardan biri bo‘lgan Telegram messenjeri O‘zbekiston aholisining aksariyati uchun yangiliklarni o‘qish, oila, do‘stlar va hamkasblar bilan muloqot qilish uchun qulay ilova hisoblanadi.

Shu bois, 3 noyabr kuni ushbu xizmatning uzilishi noroziliklarga sabab bo‘lganidan ajablanmasa ham bo‘ladi.

Shuningdek, ko‘pchilik foydalanuvchilar Telegramda biznes bilan ham shug‘ullanishi sababli bu uzilish odamlarga pul va shaxsiy noqulayliklarni keltirib chiqaradi.

Shaxsga doir ma'lumotlarni saqlashni tartibga soluvchi qonunchilikni buzganlikda ayblanib, internetni nazorat qilish uchun mas'ul davlat organining qora ro‘yxatiga kiritilganlar orasida global ijtimoiy media gigantlari – Facebook va YouTube, shuningdek, Rossiyaning mashhur “Odnoklassniki” tarmog‘i ham bor edi.

O‘zbekistonlik internet foydalanuvchilari uchun sevimli ijtimoiy tarmoqlarining qayta ochilishi umidsizdek ko‘rindi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini nazorat qilish davlat inspektsiyasi (“O‘zkomnazorat”) qaroridan kelib chiqqan noroziliklar ortidan vaziyatga O‘zbekiston prezidentining aralashuvi sababli tarmoqlar ishi qayta tiklandi.

Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, Telegram, Facebook, YouTube va “Odnoklassniki” odatdagidek ishlay boshladi, deb xabar berdi O‘zbekistondagi foydalanuvchilar 3 noyabr kuni kechqurun.

O‘zbekistonning xalqaro imijiga salbiy ta'sir etuvchi bloklash voqeasi prezidentning aralashuvi bilan hal etilishi ayrim amaldorlar uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi dastlabki soatlardan ma'lum bo‘ldi.

Avvaliga “O‘zkomnazorat” rahbari, sal o‘tib esa AKT vaziri va Bosh vazirning AKT bo‘yicha maslahatchisi ishdan olingani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Aytish joizki, aynan prezidentning o‘zi yanvar oyida O‘zbekiston hududida fuqarolarning shaxsga doir ma'lumotlarini saqlashni talab qiluvchi qonunni ma'qullagan edi. Xuddi shu talab asosida endilikda “O‘zkomnazorat” ijtimoiy tarmoq kompaniyalarini qonunbuzarlikda ayblamoqda.

Qolaversa, prezident 29 oktyabr kuni ushbu qonunni buzganlik uchun jarima miqdorini oshirish to‘g‘risidagi qonunni imzolagandi.

Bu qonun O‘zbekistonda tarmoq foydalanuvchilari internetga taqiqni chetlab o‘tish uchun foydalaniladigan virtual xususiy tarmoqlarning (VPN) yuklab olinishi keskin oshishiga olib keldi.

Shunday qilib, Telegram, Facebook va YouTube muxlislari yana mamnun holda internetda “suzayotgan” paytda hukumat fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlardan uzoqlashtirish uchun qo‘llayotgan vosita o‘z kuchini yo‘qotgani yo‘q.

O‘zbekistondagi foydalanuvchilarga ko‘ra, iyul oyidan beri mashhur ijtimoiy tarmoqlar, jumladan, Twitter va TikTokka kirish taqiqlanganicha qolmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 october 2018
Ukraina hukumatining istalmagan shaxslari ro‘yxatiga kirgan 43 yashar Artyomiy Lebedev Toshkent hokimligidan katta buyurtma oldi. Rossiya ishg‘ol qilgan Qrim ...
11 september 2019
Ibtidosida aytay, men shoir yoki bastakor, yo-da hofiz emasman. She'rga o‘xshagan bir narsalarni yozib, ularga o‘zimcha kuy bastalab, onda-sonda ...
8 february 2017
7 fevral kuni o‘tgan selektor majlisida prezident Shavkat Mirziyoev, tug‘uruqxonalarda poraxo‘rlik ochiqdan-ochiq tus olgani haqida gapirdi. «Tug‘ilganga pul berish ...
20 april 2025
Afsuski, Markaziy Osiyo hukumatlari yoki ommaviy axborot vositalaridan hech biri yaqinda Samarqandda o‘tkazilgan sammitda Yevroittifoq bilan birgalikda imzolangan deklaratsiyaning ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...