Asosiy mavzular
25 november 2021

TV shoular ustidan Kalonovning prezidentga shikoyati «mahallada duv-duv gap» bo‘ldi

“Nuroniy” jamg‘armasi shahar kengashi raisi Rustam Kalonovning 23 noyabr kuni prezident Mirziyoev bilan faollar uchrashuvi chog‘ida “Mahallada duv-duv gap”, “Yor-yor” kabi TV shoulari ustidan arzi tarmoqlardagi bahs va pichinglarga sabab bo‘ldi.

“Xalq balki birinchi va oxirgi bor yuzma-yuz ko‘rishgan davlat rahbariga o‘zining dardini emas, telekanallardagi tok-shoular muammosini aytadigan davrga yetibmiz-ey..))” deya izoh yozdi bu holatni kuzatgan, respublika telekanallarida uzoq yillar ishlagan jurnalist Shohira Hamro.

“Prezident bilan uchrashgan mahalliy liderlar TVdagi ko‘rsatuvlardan nolishibdi. To‘g‘ri, hukumat bu kanallardagi kontentni hal qiladi. Va bu jamoatchilik vakillari uchun hozirgi O‘zbekistonda o‘sha «bema'ni ko‘rsatuvlar»dan boshqa muhimroq muammo yo‘q”, deya piching qildi “Amerika ovozi” muxbiri Navbahor Imomova.

Telegram kanali blogeri Zafar Solijonov esa Kalonovning shu yilgi prezident saylovida O‘zLiDePni bir jinsli nikohlarni qo‘llashda ayblaganini eslab, “ikkiyuzlamachilikdan battar bu”, deya yozg‘irdi:

«Ko‘rsatuvlar haqida gapirsam, bu yerda ham «ma'naviyat»ni yoqib olishni yig‘ishtirish kerak. Yechimi oson – yoqmasa, ko‘rma, boshqa kanalga olib qo‘y. Hech kim seni majburlayotgani yo‘q. Bu ko‘rsatuvlarning ko‘plarga foyda tegayotganini ko‘rib turibmiz. Yotvolib chet el tajribasi deydigan davlatlarda ham bu shou bo‘lishi normal holat. Davlatdan so‘z erkinligini so‘rashdan oldin o‘zimizni tsenzuralashni bas qilish kerak»

23 noyabr kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumaniga tashrifi chog‘ida mahallalar faollari bilan uchrashgan prezident Shavkat Mirziyoevga «Nuroniy» jamg‘armasi poytaxt kengashi raisi Rustam Kalonov TV tomoshalari ustdan shikoyat qilib, jumladan, quyidagilarni aytgan:

“Mana, muhtaram prezident, mahallalarga katta e'tibor beryapsiz. Lekin bir fikr bor edi – “Sevimli” telekanalida “Mahallada duv-duv gap” degan ko‘rsatuv bor. Umuman bizning an'analarimizga zid. Qanday qilib uni oila davrasida tomosha qilish mumkin, hayronman. Shunchalik bir masalani muhokama qilmoqchi ekan, o‘sha mahallasiga borib qilsin shuni. Yana “Yor-yor” degani ham bor. Unda chiqib xotinlar er topaman deydi, erkaklar xotin. Yaxshi erkak bo‘lsa, o‘zi xotin topib oladi”.

Kalonovning shikoyatini tinglagan prezident Mirziyoev bosh vazir Abdulla Aripovga bu yuzadan topshiriq berib: “Abdulla Nig‘matovich, o‘zingiz nazoratga oling bu masalani”, degan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 february 2020
Joriy yilning 15 fevral kuni o‘zbek ijtimoiy mediasi IIB xodimlari va aholi o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgani haqidagi videolar muhokamasiga ...
4 october 2016
Karimovning 27 yillik iqtidori davrida, iqtisod, madaniyat, maorif jar yoqasiga keldi. Shavkat Mirziyoev esa, ko‘p o‘ylab o‘tirmasdan, ustozidan o‘rgangan ...
26 june 2020
O‘zbek prezidenti Moskvaga borib ta'zim bajo keltirdi. Toshkent va Xivani bosib olgan ishg‘olchilar ramzi bo‘lgan georgiy lattasini ko‘kragiga osdi. ...
6 january 2025
Marhamat tumanidagi “Shomat” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi X.Sh. o‘z uyidagi yotoqxona qismida qo‘lbola isitish pechini yoqishga urinib, gugurt chaqqan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...