Asosiy mavzular
7 april 2023

Bo‘riga cho‘ponlik vazifasini berish…

Qodiriy ta'biri bilan aytsak, mamlakatning yuz yil oldingi «kirli» tarixida ham¸ Sovet davrida ham mulozimlar, qudrat va sarvat egalari yetimlarni muttasil zo‘rlashgan. 

Sovetning ilk yillarida Xiva va Xo‘jaylida ochilgan yetimxonalarda ham o‘sha ilk davrdaëq yetim o‘g‘il bolalarni yetimxona rahbari zo‘rlagani va zo‘ravon rahbar xalq tarafidan sazoyi qilingani haqidagi gaplar va bu qilmish tergov qilingan hujjatlar arxivlarda turibdi. 

Sovet davrida (taxminan 70-yillar oxirida) Xivada raykom (SSSR davridagi bir tumanning absolyut humkdoriga “raykom” deyilgan) bo‘lgan amaldor ëshulli qamaldi. Bu Gdlyan Ivanovlar «qama qama»laridan oldingi voqea edi. Gazetalar bu ëshullining «o‘z xizmat vazifasidan foydalanib maishiy buzuqlik» bilan shug‘ullangani haqida mavhum qilib ëzishdi. Xalq orasida esa bu raykom bovo Xivadagi qizlar o‘qiydigan bilim yurtini o‘zining haramiga aylantirgani haqidagi dahshatli gaplar oraladi. Xiva raykomi bu qizlar bilan maxsus supa shaklida yasattirilgan kemada Xiva yaqinidagi G‘ovuk ko‘lida ishrat qilgan. Qizlarning bakoratini olish bu ëshullining asosiy xobbisi bo‘lgan. Raykom to‘shagiga to‘shalgan qizlar keyinchalik bemalol erga tegishi uchun maxsus ëllangan vrach ularni peshma pesh tikib turgan. Xullas, bir-biridan dahshatli gaplar. Xivadagi katta ëshli odamlar eslasa ëzsin o‘sha davrda tarqalgan gaplarni. 

Saksonlarda Xorazm viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan Ganja og‘a degan ëshullining xizmat vazifalaridan biri Toshkentdagi rahbarlar to‘shagiga ësh raqqosa qizlarni «postavka» qilish bo‘lgani haqida mish mishlar yurardi. Aynan o‘sha payt balki saksonlar boshida Qashqadarë obkomining erka o‘g‘li «qizlarni ovlash»ni xobbiga aylantirgani haqida mish-mish tarqaldi. 

O‘sha davrda Namangan prokurori bo‘lgan qudratli mulozimning Alisher ismli o‘g‘li ham qizlarni zo‘rlaganlik aybi bilan qamaldi. Mulozimlarning dekabr oyida otpuska olib tog‘dagi dachada «orgiyalar» o‘tkazib, o‘zlarini «dekabristlar» deya martabalagaini haqida Uchqun Nazarov o‘zining «Ko‘zgu» degan dramasini ëzgan. Bu asar telespektakl bo‘lib sahnalashtirilgan va bosh rolni Hamza Umarov o‘ynagan (Yutubda bor). 

Karimov davrida urilgan mulozimlarga qo‘yiladigan ayblardan biri ham «maishat» edi. Karimov bu so‘zni «May-Ishrat» deb ajratib gapirardi. Mulozimlarning ësh qizlar (o‘g‘il bolalar) bilan ishrat qilgani doimo videoga olinib SNB tarafidan saqlab qo‘yilar va bu mulozim «istalamagan shaxs»ga aylangan paytda bu video va fotolar o‘rtaga chiqar edi. Ba'zan Karimov hokimlarni ishdan olgan paytda qo‘lida shu rasmlarni ushab o‘tirar. O‘zini oqlamoqchi bo‘lgan hokimga u qilgan «ishrat» ko‘lamini eslatib, «so‘nggi halokatli zarba»ni berardi. 

Hozir «huquq himoyachisi», «sotsilog», «navoiyshunos ësh olim «, «jurnalist», «bloger» deb nomi chiqqanlarning «ishrat» ëki pedofillikka moyilliklari ham SNB tarafidan tizimli monitoring qilinar va kerakli paytda «ishlatilar» edi. 

Shu o‘rinda bir muhim jihatni ta'kidlash kerak: erkak va aëlning maishiy turmushi ularning bir-biriga sevgisi va xiënati. O‘ynash tutishi va umuman ëtib turishi bilan bog‘liq barchasi – ularning shaxsiy ishi. Buni elashtirishga haqqimiz yo‘q. Shaxsiy haët daxlsiz bo‘lishi shart. Ammo, kim bo‘lishidan qat'i nazar, voyaga yetmaganlarni, himoyasi bo‘lmagan yetimlarni zo‘rlasa – bu jinoyat. Dunëning barcha jazo qonunlari (O‘zbekistonnikidan boshqa) pedofillikni mudhish jinoyat deb biladi. Ko‘p hollarda ularga o‘lim jazosi beriladi, bichiladi ëki uzoq muddatga qamaladi. Qamalib chiqqandan keyin ham pedofillar maxsus ro‘yxatda turadi. Umrbod cheklov ichida yashaydi. Shuncha kundan beri gapiraëtganimiz mana shu haqda. 

Bo‘riga cho‘ponlik vazifasini topshirish kabi absurdlik faqat O‘zbekistonda bor.

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
7 march 2019
Eski changaklar O‘zbekistondagi islohotlarga qanday to‘sqinlik qilmoqda? Fevraldagi bir yangilik O‘zbekistonni larzaga keltirdi: bor-yo‘g‘i bir yil muqaddam Davlat xavfsizlik ...
24 may 2019
Internetning o‘zbek segmentini stakan deb qarasak, bu stakan ichida vaqti-vaqti bilan to‘fonlar yuz berayotganini kuzatamiz. Ëki Matbuot agentligi bu ...
29 july 2016
Bir haftadan buyon Yakkabog‘ tumanining Samoq, Beshkapa, Munjir, Novqishloq, Shirinbuloq, Serob qishloqlarida yashaydigan aholining lalmi yerda yetishtirgan bug‘doyi mahalliy ...
25 january 2016
Madaniyat va sport vazirligi e'lon qilgan O‘zbekiston xalq artistlari ro‘yhat bilan tanisharkan, ularni hukumat istalgan va istalmaganlarga ajratganini sezish ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...