Asosiy mavzular
13 april 2025

AQShda deportatsiya tahdidi ostida qariyb ming nafar o‘zbekistonlik bor

..AQShning Immigratsiya va bojxona politsiyasi (ICE) ma'lumotlariga ko‘ra, 975 nafar O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilish to‘g‘risidagi yakuniy qarorni olgan, lekin hali ham mamlakat hududida, migratsiya markazlaridan tashqarida qolmoqda. Ushbu holatda jami 1,4 milliondan ortiq odam bor.

Deportatsiya to‘g‘risida yakuniy qarorga ega bo‘lgan noqonuniy migrantlar orasida eng katta guruh Gonduras (261 651), Gvatemala (253 413), Meksika (252 044) va Salvador (203 822) fuqarolaridan iborat. Shuningdek, ro‘yxatda Xitoy (37 908), Gaiti (32 363), Venesuela (22 749), Eron (2 618), O‘zbekiston (975) va Pokiston (776) fuqarolari ham bor.

AQShda deportatsiya qarori kutilayotgan yoki allaqachon chiqarilgan noqonuniy migrantlar umumiy soni 7 million kishidan oshadi. Ulardan faqat bir qismi ICE tomonidan saqlash markazlarida joylashtirilgan, qolganlari esa turli kuzatuv dasturlari doirasida mamlakatda bo‘lib turibdi.

2021 yildan buyon deportatsiya ishlari ko‘rib chiqilayotgan migrantlar soni jadal o‘sib, 2023 yilda 3,7 milliondan 7 millionga yetdi. Ularning ayrimlari yaqinda chegarani kesib o‘tgan bo‘lsa, boshqalari AQShda o‘nlab yillardan beri yashab kelmoqda.

ICE deportatsiyani zudlik bilan amalga oshirish qiyinligini bir nechta sabablar bilan izohlaydi: berilgan apellyatsiyalar, migrantlarning qochqinlik maqomi kabi qo‘shimcha huquqiy himoyaga ega bo‘lishi yoki «Qamoqqa olishga muqobil choralar» dasturida ishtirok etishi. Shuningdek, Xitoy, Rossiya, Eron va Kuba kabi 15 ta davlat o‘z fuqarolarini qabul qilishdan rasman bosh tortgan. Iroq va Vetnam kabi yana 11 davlat esa bunday talablarni «yoqimsiz» deb qabul qiladi.

Oq uyga qaytgan Donald Tramp immigratsiya siyosatiga qattiq choralar joriy etilishini e'lon qildi. Hokimiyatga kelgan birinchi kuni u migratsiyani cheklovchi farmonlarni imzoladi, Meksika bilan chegarada favqulodda holat joriy qildi va AQShda tug‘ilgan bolalarga avtomatik ravishda fuqarolik berishni bekor qilish niyatida ekanligini bildirdi.

26 yanvardan boshlab mamlakatda noqonuniy migrantlarni qo‘lga olish bo‘yicha keng ko‘lamli reydlar boshlandi. ICE ma'lumotlariga ko‘ra, operatsiyaning dastlabki ikki kunida Chikago, Nyuark va Mayamida 2000 dan ortiq odam qo‘lga olindi. CNN ta'kidlashicha, hibsga olishlar hatto AQShda o‘nlab yillardan beri yashab kelayotgan va jinoyat sodir etmagan shaxslarga ham ta'sir ko‘rsatgan.

Mabodo 20 yildan keyin birov «bu o‘zbeklar keyingi 60 yilda nima qilgan?» deb so‘rasa bular «Ikki qiz va uning otasiga laganbardorlik qilib umrini xarjlagan» degan javob beriladi. Shoir Iqbol Mirzo Gulnoraga talpingan paytida hayajonlanib ishtoniga siyib yuborgani tarixga muxrlangan. Bobur Bombomurod degan shig‘irchi esa Gulnorani oldiga yugurib boraman deb zinadan yiqilib ayag‘ini sindirgan. O‘zbekiston Islom universitieti domlasi dinshunos olim Saidabzal Saidjalolov Gulnora Karimovaga muvashshah janrida ëzilgan g‘azalini zarrin ramkaga solib ta'zim bilan taqdim qilgan edi. 

Muvashshah janri talabiga ko‘ra¸ «Gulnora Karimova» degan jumlaning har bir harfiga bittadan misra bitilgan.

Go‘zallikka mudom oshno bo‘libsiz¸

Umidbahsh nigohdan ko‘ngillar masrur.

Latofat-la muhabbatga to‘libsiz¸

Noëb ehsoningiz hammaga manzur.

Orombaxsh so‘zingiz har dardga darmon.

Rahmat darësidan bo‘ling bahramand

Aslo dilingizda qolmasin armon.

Bu misralar ënboshdan o‘qilganida «Gulnora» degan ism ko‘rinadi. Ana shundan keyingi 8 satrda «Karimova» degan so‘z ham muvashshax ramkasiga tiqiladi.

Bu satrlardan birida Gulnora Karimovaga qarata shoir “Rahnamolik yuki tog‘dan-da og‘ir”¸ deya dardkashlik qiladi.

Dunëda eng laganbardor xalq bu o‘zbek xalqi.

Tag‘in o‘qing
1 february 2018
Shvetsiyada chiqadigan “Aftonbladet” gazetasi terrorchilikda ayblanayotgan samarqandlik Rahmat Oqilov 42 yoshli taniqli komik artist O‘z Nuin (Özz Nûjen) oilasi ...
15 june 2024
“Katta yettilik”ka a'zo davlatlar Italiyadagi sammit chog‘ida muzlatilgan Rossiya aktivlaridan Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun foydalanish mexanizmini kelishib oldi,  dedi ...
3 april 2017
Oy oxirlayotgan kunlarda prezident videoselektor majlis o‘tkazdi. «Kun.o‘z» sayti o‘z manbalariga asoclanib, davlat rahbari bu majlisda «O‘zbekiston» va «Yoshlar» ...
31 october 2015
O‘tgan yili shu paytlarda ukrainalik qochqinlar ko‘p edi. Hujjat ishlarim sabab tegishli tashkilotlarga borib turaman. Ko‘p yillardan buyon qatnayvergach ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...