Asosiy mavzular
20 may 2025

RASSOM TUZ:ShARIFA MADRAHIMOVADAN KIM QO‘RQADI?

Esingizda bo‘lsa, 7 may kuni o‘zbek maxsus xizmatlarini “Chinni do‘konida raqs tushaëtgan fil” deya ëzgandim.  Shu bitikka kengroq izoh bersam.

Irlandiyaga borishi kerak bo‘lgan jurnalist Sharifa Madrahimova pasporti ichidagi chip maxsus modda bilan atay kuydirildi.

Men gaplashgan xalqaro tashkilot vakillari DHL pochta xizmati mutaxassislari va ismi aytilishini istamagan O‘zbekiston pochtasi xodimi e'tirofiga ko‘ra, O‘zbekiston DXXning malakasiz, uquvsiz xodimlari ataylab Sharifa Madrahimovaning pasporti ichidagi chipni maxsus vosita bilan kuydirib yaroqsiz holga keltirishgan.

Buyuk ehtimolda bundan ikki maqsad ko‘zlangan:

1. Sharifa Madrahimovaning Dublin shaxriga borib xalqaro mukofotni shaxsan o‘z qo‘li bilan olmasligini ta'minlash.

2. Shu kunlarda chet el safarida bo‘lgan O‘zbekiston prezidentini atay obro‘sizlantirish.

Sharifa Madrahimova Frontline Defenders (“Frontlayn Defendrs”) tashkilotining Osië va Yevropa qit'asidagi eng jasur hamda faol odamga beriladigan yuksak mukofotni qozondi. Mukofotni olish uchun Sharifa 20 may kuni Dublin shahriga uchib ketishi kerak edi.

Irlandiyaning O‘zbekistonda elchixonasi bo‘lmagani sabab Sharifa sal oldinroq o‘z pasportini DHL pochtasi orqali Dublinga jo‘natgan va ichiga viza ëpishtirilgan pasport sog‘-solim O‘zbekistonga kelgan. Aynan O‘zbekiston hududiga kirgani ortidan pasport solingan konvert ochilib ichidagi Sharifa Madrahimovaga oid pasport tarkibidagi raqamli chip maxsus vosita bilan kuydirilgan va yana konvertga solingan.

Buning oqibatida Sharifa Madrahimova Irlandiyaga borib shaxsan mukofotni ola olmaydi. Lekin Irlandiyada Sharifani mukofotlash tadbiri bo‘ladi va uning kuydirilgan pasporti Yangi O‘zbekistonning sharmandali imidji o‘laroq katta ekranda ko‘rsatiladi.

O‘qituvchilar bilan birgalikda DXX xodimlari attestatsiya qilinishi kerak. Savodsiz, johil va buyuk ehtimolda Rossiya foydasiga ishlaydigan dvoynoy agentlardan tizim tozalanishi kerak.

Nega va kim jurnalist Sharifa Madrahimovadan qo‘rqadi?

Tag‘in o‘qing
2 april 2018
So‘nggi vaqtlarda prezidentning viloyatlarga tashriflari davomida uni aldashga urinishlar avjiga chiqmoqda. Internetda kuni-kecha Jizzaxga borgan prezident Shavkat Mirziyoev Zarbdor ...
6 june 2022
1922 yilning 6 iyunida Xalq komissarlari kengashi dekretiga ko‘ra, Adabiyot va nashriyot ishlari bo‘yicha bosh boshqarma (Glavlit) tashkil etildi. ...
13 march 2017
Ertaklar odatda erishilmas orzularning haëliy ifodasidir. O‘zbek xalq ertaklari odil podsho va ëvuz vazirlar makri haqidagi syujetlar bilan to‘la. ...
24 april 2016
«Hurriyat» gazetasi bugun xalqning kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi eng og‘riqli nuqtasiga e'tibor qaratib, isitish tizimi va issiq suv bilan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...