Asosiy mavzular
10 june 2025

SARIOSIYo IJTIMOIY YoRDAM MARKAZIDAGI ORGIYaLARDAN SO‘NG BIR NYeChTA XODIM IShDAN OLINDI

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi ijtimoiy yordam markazida xodimlarning nogironlar pulini o‘zlashtirgani va ish joyida seks orgiyalar tashkil qilgani fosh etilganidan so‘ng Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bu muassasada xizmat tekshiruvi o‘tkazdi.

9 iyun kuni o‘tkazilgan tekshiruv natijasiga ko‘ra, tama'garlik va maishiy buzuqlik sodir etgan to‘rt nafar xotin ishdan bo‘shatildi. Shu bilan birga markaz rahbarining o‘rinbosari ham lavozimidan ozod etildi. Mas'ul vazifada bo‘lib, holatlarga ko‘z yumgan bir necha mulozimga hayfsan va ogohlantirish berildi.

Rasmiy ma'lumotda ta'kidlanishicha, markaz xodimlariga ijtimoiy yordam muassasalari xalq dardini tinglaydigan va muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zadigan joy ekani qat'iy ravishda tushuntirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Eltuzda chop etilgan maqolada mazkur muassasada fuqarolarning ijtimoiy nafaqalari talon-toroj qilingani va ish joyida jinsiy tartibsizlikka yo‘l qo‘yilgani haqida maqola e'lon qilingan edi.

Tag‘in o‘qing
15 april 2016
Tadbirda terrorizm, ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashishda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr ...
25 september 2017
O‘zbekistonda majburiy mehnatni to‘xtatish qarori to‘liq ishlamayotgani haqida «Eltuz» nashriga xabarlar kelmoqda. Talabalar paxtadan qaytarilishi ortidan, terim yuki qishloq ...
1 august 2018
«Talqonchi» non ushatishda davom etadi… O‘zbek mahbuslari uchun chaqimchi kameradosh bilan yashash qanday yoqimsiz… Sobiq siyosiy mahbus Muhammad Bekjon ...
23 february 2018
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xodimi 23 fevral kuni telefonda «Eltuz» muxbiriga sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirovning hibsga olinmaganini, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...