Asosiy mavzular
14 june 2025

MUXOLIFAT DUShMANI” PYaGAY IShDAN OLINDI

Andijondagi “akramiylar” isëni deb nomlangan qonli qo‘zg‘olonni bostirishda faol ishtirok etgani uchun mukofotlangan, uzoq vaqt mobaynida siësiy faollar va mustaqil jurnalistlarni ustidan nazorat qilgan DXX polkovnigi Ilya Pyagay o‘z vazifasidan olinib, pensiyaga chiqarilgan.

O‘zbekistondagi siësiy kayfiyat va harakatlar nazorati bilan shug‘ullangan Ilya Pyagay haqida internetda juda oz bilgi bor. Pyagay 2003 yil mart oyida O‘zbekistan Ichki ishlar vazirligi terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari maqomida Ozodlik radiosiga  suhbat bergan. Suhbatda u jurnalistlarni ko‘chada kaltaklaganlarga chora ko‘rish haqida va'da beradi. Ayni boshqarmaga qisqa muddat boshliq bo‘lgani ham ma'lum.

Shundan keyin Ilya Pyagay haqdagi ma'lumot 2016 yil sanasida paydo bo‘lgan. DXX xodimi Ilya Pyagay O‘zbekiston prezidentining PF 4770  qarori bilan Vatan himoyachilari kuni munosabati bois mukofotlanadi.

O‘zbekistonda “Ozod dehqonlar” muxolifat partiyasini 2003 yilda tuzgan siësiy faol Nigora

Hidoyatova “Pyagay mening va umuman butun siësiy muxolifatning dushmani edi” deb ta'kidladi. U Karimov diktatura rejimining astoydil qo‘riqchisi sifatida menga qamoq bilan tahdid qilgan edi. Men uni IIV tizimidagi “ment” deb o‘ylagan edim. Aslida u IIV tizimiga yerlashtirilgan DXX xodimi ekan,

– dedi Nigora Hidoyatova Eltuz bilan suhbatda.

Hidoyatovaning yana aytishicha, Ilya Pyagay 2005 yil Andijondagi dindor tadbirkorlar ko‘targan isënni bostirishda jnobozlik qo‘rsatgan:

Andijon isënini bostirgani uchun 2006 yili Karimov uni “Shuhrat” ordeni bilan taqdirladi. Andijon voqealari Pyagayning siësiy muxolifat, inson huquq faollarini bartaraf qilishi uchun keng yo‘l ochdi. Men Pyagay bilan shaxsan ko‘rishganman. Ëqimsiz odam edi. Uning mahkumlarni qiynashda shaxsan qatnashganiga guvohlik bera olaman,

deydi Hidoyatova.
Unga ko‘ra, aynan Ilya Pyagay tashabbusi bilan O‘zbekistondagi ba'zi shaxslardan O‘zbekiston muxolifat lideri Muhammad Solihni obro‘sizlantirish uchun samarali foydalanilgan.

Ilya Pyagay hozir qamoqda bir umrlik jazo o‘taëtgan sobiq SNB generali, O‘zbekiston qahramoni, SNB raisining sobiq birinchi o‘rinbosari Shuhrat G‘ulomov rahbarligi ostida ishlagan. Mirziëev iqtidorga kelgani ortidan G‘ulomov qamalgan 2017 yilda  Pyagay ham bir muddat jinoyat ishi figuranti sifatida hibsda o‘tirgan.

Hukumatdagi katta lavozimda ishlagan manba iddaosiga ko‘ra, “Pyagay Rossiya manfaatlariga xizmat qilganlikda” ayblangan. Ammo u 2018 yilda sirli ravishda qamoqdan ozod qilindi va DXXdagi vazifasiga qaytdi.

Manbalarga ko‘ra, uni hibsdan Davlat xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari Botir Tursunov chiqarib olgan.

Ilya Vasilevich Pyagay bilan birgalikda DXX ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i Sanjar Saidov ham ishdan oldingan. Oldinroq przeident admnstratsiyasida “diniy masalalarga ma'sul” bo‘lgan Dilshod Eshnaev ham ishdan olingandi.

Hukumatdagi katta lavozimda ishlagan manba iddaosiga ko‘ra, “O‘zbekistonga siësiy islom xatari haqidagi Turkiya istihboroti sizdirgan hujjatlar” bu ishdan olishlarga sabab bo‘lgan.

Shuningdek, Mazkur mulozimlarning ishdan bo‘shatilishi diniy bloger Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov) ga qarshi jinoyat ishiga bog‘lanmoqda.

51 yoshli Alisher Tursunov 8 may kuni Turkiyada ushlanib, 10 may kuni O‘zbekistonga deportatsiya qilingan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida faol bo‘lgan diniy faol – O‘zbekistonda bir necha yil faoliyat yuritgan Azon.uz va Azon TV kabi loyihalar muallifi hisoblanadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bir milliondan oshiq obunachiga ega Alisher Tursunov bir necha yildan buyon Turkiyada yashab kelayotgandi.

U Jinoyat Kodeksining 244-2-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyat – «diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish» harakatini sodir etishda ayblanib, qidiruvga berilgandi.

Alisher Tursunovning O‘zbekistonga deportatsiya qilinishi ijtimoiy tarmoqning dindor faollari tomonidan keskin noroziliklar bilan qarshi olindi.

Tag‘in o‘qing
8 august 2021
rassom Kirpi
7 october 2020
Komil Alllamjonov tomonidan asos solingan, haydovchilarni o‘qitishga ixtisoslashgan Avtotest Report kompaniyasi 2017 yilda hukumat qarori bilan to‘la monopoliya huquqini ...
28 april 2021
Rassom Elsevar
15 january 2026
24 yoshli g‘ijduvonlik D. A Shofirkon tuman “Mingchinor” MFY hududining cho‘l hududi dalalarida fuqaro O.I va B.B bilan 50.000 ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...