Asosiy mavzular
10 july 2025

KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISh TIZIMIDA… KAMBAG‘ALLIKKA YuZ TUTAYoTGAN XODIMLAR!

Toshkent shahar Bandlik boshqarmasi va unga qarashli tuman bo‘limlarida ishlayotgan ba'zi rahbarlar o‘z ish joyida himoyasiz qolganini, poraxo‘rlik va adolatsizlik qurboniga aylanganini aytishmoqda. Ularning so‘zlariga qaraganda, ayni paytda ular «kambag‘allikni qisqartirish» tizimida ishlab, aksincha, o‘zlari kambag‘allikka yuz tutayotgan xodimlardandir.

Eltuz tahririyatiga yo‘llangan murojaatda aytilishicha, bu holat 2025 yilning fevral oyidan boshlab yanada og‘irlashgan. Ayni davrdan boshlab Toshkent shahar Bandlik boshqarmasiga o‘zini «Markaziy bank raisining o‘rinbosari» deb tanishtiradigan Yakub Shakirjanovich Babajanov kelgan va tuman bo‘limlari rahbarlarini turli bosimlarga duchor qilgan.

Ayni vaqtdagi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zohidov bilan yaqinligi qayd etilgan Yakub Babajanov bu tizimga «bankirlik» faoliyatidan kelgan. Manbalarga ko‘ra, u bankda ishlagan paytda 1,5 milliard so‘mlik ipoteka krediti olgan va bandlik tizimiga o‘tgach, bu qarzini yopish uchun tuman rahbarlariga noqonuniy «gruz» qo‘yishni boshlagan.

Murojaatda ta'kidlanishicha, har oyda turli hisob-kitoblar orqali, ishsizlik nafaqasi va kasbga o‘qitish mablag‘lari hisobidan rahbarlarga 500 AQSh dollari miqdorida pora yig‘ish majburiyati yuklangan. Hattoki 2025 yil 28 aprel kuni Yakub Babajanovning tug‘ilgan kuniga tuman rahbarlaridan 100 AQSh dollaridan yig‘ib berishgan.

Agar imkoni bo‘lsa, Yakub aka ikki farzandingizni oddiy davlat maktabiga bering. Xususiy maktab uchun har oy 10 million so‘m to‘lash o‘rniga, bu xalqning og‘ir ahvolini o‘ylasangiz bo‘lardi,— deyiladi murojaatda.

Xodimlar aytishicha, bu kabi rahbarlar o‘z manfaatlarini xalq manfaatidan ustun qo‘yishmoqda. «Toshkent shahrida shu yil mobaynida kambag‘allikdan chiqarilgan biror oila bormi?» degan savol qo‘yilmoqda murojaatda.

Yakub aka va uning shogirdlari xalq dardini emas, faqat shaxsiy manfaatni o‘ylashmoqda. Ular telefon qilib tuman rahbarlaridan pul talab qilish o‘rniga, xalq va davlat xizmati haqida o‘ylashi kerak,— deyiladi maktubda.

Murojaat oxirida barcha tuman rahbarlari nomidan Eltuzdan yordam so‘ralgan: «Iltimos, ovozimiz bo‘ling. Bu adolatsizlikka nuqta qo‘yish vaqti keldi».

Tag‘in o‘qing
11 april 2017
Stokgolm hujumchisi samarqandlik Raxmat Aqilov telefonidan chiqqan so‘nggi SMSlar odamni junbushga soladi. «Yomon, bir nechtasinigina bosdim xolos. Mashina boshqa ...
3 january 2018
3 yanvar kuni ham davom etgan Erondagi namoyishlar ijtimoiy tarmoqning o‘zbek segmentida turlicha talqin etilmoqda. Kimdir bunda Amerikaning qo‘li ...
27 december 2016
Telegramda tarqalgan videoda Toshkentning TTZ bozorida kallai saharlab tuxum olish uchun navbatda turgan tumonot odamni ko‘rish mumkin. Izoxlarga ko‘ra, ...
15 december 2021
Xorazm viloyati Yangibozor tumani hokimi O‘ktam Qurbonovning bug‘doy rejasini bajarmagan hududiy rahbarlarni uyat gaplar bilan so‘kkani haqidagi maqola e'lon ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...