Asosiy mavzular
17 july 2025

XORAZMDA SAKSOVULFURUShLARNI TA'QIB QILGAN INSPYeKTORLAR KALTAKLANDI

Saksovul kesayotgan shaxslarni ta'qib qilgan ekologiya inspektorlariga bita va armatura bilan hujum qilindi. Ikki xodim ko‘plab jarohatlar oldi. Xorazm viloyati To‘prakqal'a tumani prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xorazmda Buxoro viloyati ekologiya boshqarmasi inspektorlari saksovulfurushlar tomonidan kaltaklandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar bermoqda. 

15 iyul kuni Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi ekologik nazorat inspektsiyasi xodimlari tomonidan Peshku tumanining Safron» cho‘l massivida reyd tadbiri o‘tkazilgan.

Tadbirda inspektsiya boshlig‘i J.Toshev, A.Qurbonov, B.Ro‘ziev, J.Yadgarov, F.Murodov, N.Muhammadiev va O.Hesenovlar ishtirok etgan.

Shu kuni Xorazm viloyatida yashovchi (shaxsi noma'lum) fuqarolar «ZIL» rusumli yuk mashinasi bilan Safron cho‘li hududidan noqonuniy ravishda saksovul o‘simligini kesib, yuk mashinasiga ortgan holda cho‘lning ichki yo‘li orqali ketayotganida ularni Buxoro viloyati ekologiya inspektorlari ko‘rib qolgan va JAC avtomobilida ta'qib qilgan.

110 km lik quvishdan so‘ng yuk mashinasi G‘uzor — Buxoro — Nukus A-380 avtomobil yo‘lining Xorazm viloyati yo‘liga chiqib, harakatni davom ettirgan. 

5 km dan keyin J.Toshev inspektorlar N.Muhammadiev va O.Hesenovlarni orqadan kelayotgan boshqa avtomashinalarni nazorat qilish uchun tushirib, o‘zi «ZIL»ning ortidan kuzatuvni davom ettirgan.

J.Toshev «ZIL»ni quvib o‘tgach, Xorazm viloyatiga tegishli Isuzu yuk mashinasi uning yo‘lini to‘sgan. Undan notanish fuqarolar qo‘lida har xil turdagi sovuq qurollar (bita, armatura, temir truba) bilan tushib kelib, boshqarma avtomashinasini urib, pachoq qilgan va inspektsiya boshlig‘ini har xil nojo‘ya so‘zlar bilan haqoratlagan. Shundan so‘ng J.Toshev voqea joyidan ketgan.

Ekologiya vazirligi huquqbuzarlar, shuningdek, boshqarma inspektsiya xodimlari N.Muhammadiev va O.Hesenovlarni kaltaklab, yuz va tana qismlarining barcha sohasiga urib, turli xil og‘ir tan jarohatlari yetkazishgani, inspektor N.Muhammadievning oyog‘i singanini ma'lum qilgan.

Shundan so‘ng inspektorlarning ikkisini ham yuk mashinasining bortiga yuklab, o‘zlari bilan olib ketayotgan vaqtda inspektorlar harakatlanib turgan yuk mashinasining orqa bort qismidan o‘zlarini tashlab qochgan.

Holat yuzasidan Xorazm viloyati Tuproqqal'a tumani prokuraturasi tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Tag‘in o‘qing
10 october 2017
10 oktyabr kuni Andijonda paxta kampaniyasi bois, shahar qatnovidagi «Damas»larning kira haqi 2000 so‘mga chiqdi, deya xabar beradi «Eltuz» ...
11 april 2017
Sherali Jo‘raev xalq sevgan xonanda 70 yoshga to‘ldi. U 1999 yildan buyon o‘zbek hukumati peshvolari nazarida Muhammad Solihning do‘sti ...
16 march 2017
Medvedevga sovg‘a qilingan  muhtasham qasr hikoyasi Navalniy hisoboti markazidan o‘rin oldi. Ma'lum bo‘lishicha, Rossiya bosh vaziriga yaqinligi aytilayotgan jamg‘armaga ...
19 september 2023
Agar Ginnesning qo‘lostidagilarni nafsoniyatiga tegish, g‘ururini toptash, tahqirlash, so‘kinish va urish singari yo‘nalishlarda ham reytingi bo‘lganida edi, g‘oliblikni yaqin ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...