Asosiy mavzular
25 july 2025

PROKURATURA “QO‘LLOVI” SOYaSIDAGI NOQONUNIY QURULISh

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, Gulirayxon ko‘chasi 37-uy aholisi bir necha oydan buyon yaqin atrofda olib borilayotgan noqonuniy qurilishdan aziyat chekmoqda. Gap 1-Pilla ko‘chasi, 26-uyda yashovchi fuqaro L.M. Miroshnichenko tomonidan amalga oshirilgan o‘zboshimcha turar-joy qurilishi haqida bormoqda. Barcha qonuniy tartiblar chetlab o‘tilgan, mahalla fuqarolari esa o‘z havlisining daxlsizligidan mahrum bo‘lmoqda.

Yashash huquqining o‘zagini tashkil etuvchi xavfsizlik, osoyishtalik va qonun ustuvorligi printsiplari bu holatda qattiq buzilgan. Eng achinarlisi — tegishli idoralarga qilingan murojaatlar e'tiborsiz qolmoqda. Mahalliy aholi orasida tarqalayotgan gap-so‘zlarga ko‘ra, noqonuniy qurilishga yo‘l qo‘ygan fuqaroning ortida “prokuraturada ishlaydigan tanishlar” turgan bo‘lishi mumkin. Bu esa masalaga yanada jiddiyroq yondashishni talab qiladi.

Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2025 yil 27 iyunda rasmiy ogohlantirish xati berilgan. Unda fuqaroga qurilishni 15 kun ichida o‘z xohishi bilan buzish talabi qo‘yilgan. Aks holda, sudga murojaat qilinishi bildirilgan. Ammo bu hujjatning ijrosi hanuzcha ko‘zga tashlanmayapti. Demak, rasmiy ogohlantirishlar qog‘ozda qolmoqda, muammo esa bartaraf etilmadi.

Shu yerda bir savol tug‘iladi: agar oddiy fuqaro tomorqasida kichik bir qurilish qilsa, bunga darhol javob beriladi. Ammo kimdir “kimnidir tanishi” orqali qonunlardan ustun tursa-chi? Bu qonunchilik tengsizligi emasmi?

Mahallani o‘zgartirish, zamonaviylashtirish emas, balki betartib va mutasaddilarning e'tiborsizligi tufayli bunday qurilishlar aholi daxlsizligi va xavfsizligiga tahdid solmoqda. O‘z hovlilariga quyosh tushishini kutgan, bolalari bilan sokin yashashni istagan oilalar endi balkon soyasida qolmoqda.

Qurilish qonunchiligi barcha uchun barobar bo‘lishi kerak. Gap faqat bino emas, balki jamiyat ishonchi haqida. Agar bu masalada tegishli chora ko‘rilmasa, bu holat boshqalarga ham yomon “namuna” bo‘lib xizmat qiladi.

Tag‘in o‘qing
20 december 2020
Rossiyaning iqtidordagi «Yedinaya Rossiya» partiyasi deputatlari Qozog‘iston yerlarining bir qismi Rossiyaniki, deya uni qaytarish lozimligini ta'kidlamoqda. Qozog‘iston jamoatchiligi va ...
4 february 2019
Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev o‘tgan hafta matbuot anjumanida Tashkent City qurilishiga o‘zining shirkati investorlik qilayotanini tasdiqladi. «Bu mening ...
14 may 2023
Buxoro viloyat IIB tarqatgan bildirgida jinoyat tafsiloti ham keltiriladi. Biroq tergovga xalaqit bermasligi uchun jurnalistlardan bu ma'lumotlarni oshkor etmaslik ...
18 june 2025
Bugun “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbek forum” tashkiloti “Qora bulut: Mirziyoev O‘zbekistonida so‘z erkinligiga joy yo‘q” nomli hisobotni e'lon qildi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...