Asosiy mavzular
17 september 2025

Olmazorda nega xotin bolalari va o‘zini o‘ldirdi?

«Olmazor City» turar-joy majmuasida  ikkinchi xotin sifatida  imom nikohi asosida yashab kelgan xotin ikki farzandini 4-qavatdan tashlab, o‘zini 8-qavatdan tashlab o‘z joniga qasd qildi. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, marhum ayol qurilish mollari savdosi bilan shug‘ullanuvchi erkakning ikkinchi xotini bo‘lgan. Uning shar'iy turmush o‘rtog‘i Jomiy bozorida savdo-sotiq orqali ko‘p mablag‘ topib, boyib ketgan. Avvaliga erkak bir necha marta Haj va Umra safariga borib kelgani bilan o‘zini dindor sifatida namoyon etgan. Shu bois islom qoidalariga tayanilgan holda ikkinchi bor uylanib, ikki farzand ko‘rgan.

Bu rijol yoshgina ikkinchi xotin bilan cheklanmasdan, bir necha bor xotin olib talog‘ini bergan. Fojia qurbonini o‘z joniga qasd qilishiga sabab bo‘lgan voqea esa  bunday. 

Erkak ikkinchi xotinining 21 yoshli singlisi bilan yashirin shar'iy nikohdan o‘tib qizga  uy-joy va avtomashina ham olib bergan.

Mana shu voqea ikkinchi xotin rashkini keltirgan  va xotin bu holatga chidashga va sabr qilishga quvvati yetmasdan ikki nafar bolachalarini 4-etajdan tashlagan. O‘zi esa 8-etajdan sakrab o‘lgan. 

Hozirda bir yarim va uch yoshdagi bolalar shifoxonaning jonlantirish bo‘limida ekan. Albatta ularga barcha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Bu kabi holat birinchisi emas, 2023 yilning aprel oyida ham Sergelida ikkinchi xotin uch nafar bolasini va o‘zini 9-etajdan tashlab vafot etgan edi. Uning imom nikoxida bo‘lgan eri esa o‘tgan yili uchinchi marotaba uylandi.

Tag‘in o‘qing
25 may 2016
«Hurriyat» gazetasida mahalla to‘g‘risida e'lon qilingan maqolada «sovet davrida qaergadir «spravka» kerak bo‘lgandagina murojaat qilinadigan idora» bo‘lgan mahalla mustaqillik ...
24 july 2017
«Yashnobod demokratiyasi» aks etgan realiti shouda tuman hokimi Dilmurod Turdiev o‘zidan oldingi mulozimlarga xos bo‘lmagan fazilatni namoyish qildi. «Mahalla» ...
22 march 2019
Matematikaga oid “Risolai Ulug‘bek” va astronomiya ilmida voqea bo‘lgan “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asarlarini ëzgan olim va davlat arbobi Muhammad ...
7 may 2019
Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan rasman qabul qilingan qonun loyihasi Senat tomonidan imi-jimida o‘zgartirilgan holda ma'qullandi. Deputatlar boshqacha qabul qilib, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...