Asosiy mavzular
25 september 2025

Tolibon ayollar muallifligidagi kitoblarni taqiqladi

UNESCO ma'lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda Tolibon hukmronligi boshlangandan beri 2,2 million qiz o‘rta va oliy ta'limdan chetlatilgan.

Yangi xabarlarga ko‘ra esa, universitetlarda ayollar muallifligidagi kitoblar taqiqlanibdi. Hatto “Kimyo laboratoriyasidagi xavfsizlik” degan sof ilmiy kitoblar kabi ham. Bundan tashqari, “inson huquqlari” va “jinsiy ta'qib” mavzulari ham darslardan chiqarilmoqda.

Bu faqat ta'lim emas, jamiyatda insonlarning ma'naviy va intellektual salomatligi ham zaiflashadi, demakdir. Ilmiy asarlar va fikrlar ayol muallif tomonidan yozilgani uchungina taqiqlanishi — inson huquqlarini rad etishning zamonaviy dunyo ko‘rib turgan eng cho‘qqisidir. Bundan battari bo‘lmasa kerak!

Bunday cheklovlar oqibati nima bo‘ladi? Ta'limning cheklanishi, ixtisoslashuv imkoniyatlarining yo‘qolishi, malakali kadrlar yetishmasligi — barchasi iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy barqarorlikka salbiy ta'sir qiladi. Nafaqat jamiyatni, balki davlatning o‘zini ham zaif va qaram qiladi. Zamonaviy dunyoda, ilm-fan oldida eng kuchli qurollar ham ojiz qolayotgan davrda, Afg‘onistondagi bu cheklovlar dunyoni ham tashvishga solmoqda.

Yaxshiyamki, O‘zbekiston – dunyoviy davlat. Bu tamoyilning mazmunini ko‘pchilik tushunmaydi. Konstitutsiyamizda dunyoviy davlat printsipi alohida ta'kidlangan. Davlatimiz ilm-fan va ta'limdagi cheklovlarsiz imkoniyatlar yaratishda jadal ketmoqda. Qizlar ta'limiga e'tibor, ularga oliy ta'limda imtiyozlar, “Raqamli avlod qizlari” kabi dasturlar naqadar ahamiyatli ekanini yaxshi anglash kerak. Dunyoviylik shu bo‘ladi!

Agar davlat ta'limda gender kamsitish va fikrlar chekloviga yo‘l qo‘ysa, jamiyat o‘zining intellektual, iqtisodiy hamda inson huquqlari bilan bog‘liq kelajagini yo‘qotadi. Bunday holatlarga qarshi bo‘lish — barcha fuqarolarning burchi. Dunyoviylik — bu haqiqat va imkoniyatlar tengligining kafolati.

Tag‘in o‘qing
14 december 2020
O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova korruptsiya bilan bog‘liq bir qator jinoyatlari uchun sudlanganidan so‘ng hozir ...
13 august 2025
Yandeks Dostavka xizmatida ishlaydigan haydovchi Kudratxon Shuxratxonovich Eltuzga murojaat yo‘llab, Yandeks va Soliq qo‘mitasi o‘rtasidagi shubhali hamkorlik haqida ma'lum ...
6 march 2018
Sorri, albatta, biroq men progressiv Prezidentimizning kechagi farmonini tushunmadim. Nimaga to‘y industriyasini buzish kerak? Hozir to‘y an'analaridan, ayniqsa badavlat ...
28 march 2022
Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga bostirib kirganiga bir oy to‘ldi. Rossiya Ukrainani uch kunda bosib oladi, degan bashoratlar (ular orasida g‘arb ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...