Asosiy mavzular
8 october 2025

Paxta terimi tufayli yana SSSR davriga qaytayapmizmi?

Ma'lumki, hozirgi kunda paxta terimi avjida. Yaqinda Prezident paxtani tezroq terib olish bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi. Atrofidagi o‘risning nonini yegan amaldorlar har doimgidek Prezidentga yaxshi ko‘rinaman deb, “plan”ning orqasidan qattiq quvishni boshladi.

Sobiq SSSR dan qolgan bu “plan” balosi qarorda yo‘q qilingan bo‘lsa ham, amalda yildanyilga kuchaymoqda.  Yil boshida xalqaro qishloq xo‘jaligi tashkiloti o‘z hisobotida O‘zbekistonni “paxta byurokratiyasi botqog‘iga botgan mamlakat”, deb bejiz aytmagan ekan.

Bu holat ayniqsa Andijon viloyatining tumanlarida kuchaymoqda. Shartnomani bajargan fermerlarni militsiya orqali hokimiyatga olib kelib, sal kam 50 tsentnerdan paxta topasan, yo‘q paxtani “perepiska” qilasan, deb bosim qilinmoqda. 

Buni yana bitta sababi davlat klasterlarga bergan minglab gektar yerlari paxta ekilmasdan qarovsiz qolib ketdi. Endi ularniyam yukini hokimiyat fermerlarga ag‘darmoqda.

Chunki klasterlarga hech kim tega olmaydi, ulardan hokimlar, prokurorlar, militsiya boshlig‘ining doimiy manfaatdorligi hech kimga sir emas.

Fermerni esa O‘zbekistonda xuddiki oilaning o‘gay o‘g‘liga bemalol o‘xshatsa bo‘ladi. Ularning tarafini olib gapirgan, rahmat aytgan birorta  amaldorni yangi O‘zbekiston davrida eshitmadik.

Hurmatli Prezident! Ijtimoiy tarmoqlarni o‘qib turishingizni aytgan edingiz. Ushbu holat Sizga yetib borsa, yordam bering. Bunaqa ahmoqgarchilikni kimga keragi bor?

Paxta “perepiska”si SSSR davrida millionlab o‘zbeklarni, ularning oilalarini juvonmarg qilgan-ku. Hozirgi kunda xam Sizga yaxshi ko‘rinish uchun hokimiyat militsiya bilan qo‘shilib har baloni qilishayotganini xalqimiz guvohi bo‘lib turibdi…

Tag‘in o‘qing
22 february 2018
Jizzaxlik olti nafar faol 21 fevral kuni itlarga qarshi terrorni to‘xtatishni talab qilib, jamoatchilikka va hukumatga murojaat qildi. Jonivorlar ...
24 september 2018
Sovet davrida bolalarni maktab partasidan paxta dalasiga quvish odatiy hol sanalardi. Qayta qurish yillarida sal susaygan bu an'ana O‘zbekiston ...
12 december 2016
Chilonzor tumani “Tinchlik” masjidining imom xatibi Shermurod Tog‘ay (Alisher domla) o‘zining Facebook dagi sahifasida o‘zbek pop musiqachisi 30 yashar ...
20 march 2017
18 mart kuni Turkiyaning turli shaharlarida 76 ta yashirin fohishaxona ochgan O‘zbekiston vatandoshi 36 yashar Madina Shukurova Istanbul Ota-Turk ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...