Asosiy mavzular
10 october 2025

Mudofaa vazirligi markazi harbiylari oyligi kechikayotganidan norozi

Mudofaa vazirligiga qarashli Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi harbiy xodimlari oylik va mukofot mablag‘lari 10-15 kungacha kechikib to‘lanayotganiga norozilik bildirishdi.

Murojaatda qayd etilishicha, 2025 yil 1 sentyabr — Mustaqillik bayrami kuni oylik 10 kun kechiktirilgan. 1 oktyabr — O‘qituvchilar kuni munosabati bilangi maoshlar esa 9 kun o‘tganiga qaramay hali ham to‘lanmagan.

Harbiylar Mehnat kodeksiga asoslanib, ish haqi bayram va dam olish kunlaridan oldin to‘lanishi shartligini eslatishgan. Shunga qaramay, markazda avanslar umuman berilmaydi va maoshlar plastik kartochka orqali qismlarga bo‘lib o‘tkaziladi.

Murojaatda markaz rahbarlari — polkovnik Mansur Mamadaminov, Baxodir Tuxtanazarov, G‘olib Ikromov va moliya bo‘limi boshlig‘i Furqat Abdullaevning faoliyati keskin tanqid qilingan. 

Aytilishicha, Abdullaev harbiy prokuraturadagi aloqalari orqali xodimlarni shikoyat qilmaslikka majburlamoqda.

Harbiylar 2020 yildan beri maoshlarning doimiy kechikishiga qarshi rasmiy chora ko‘rilishini, va kechikish uchun kompensatsiya to‘lanishini talab qilishmoqda. 

Ular Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan moliya bo‘limi faoliyatini tekshirishni so‘rashgan.

Tag‘in o‘qing
12 november 2015
Pahlavon Sodiq Bi bi si 1999 yil kuzida Oliy Sudda Toshkent portlashlari yuzasidan sud majlislaridan biriga Murod Jo‘raevni qo‘llarida ...
30 november 2025
Rossiya 2026 yilda Ukraina bilan bo‘lgan urushga kamida 166 milliard dollar sarmoya kiritadi. Kreml shahanshoxi allaqachon yangi byudjetni imzolab bo‘ldi. Bu ...
1 december 2020
«Oshin» – 1983 yilda Yaponiyada suratga olingan ko‘p qismli film. Bosh rollarda Nobuko Otova, Yuko Tanaka, Ayako Kobayasi va ...
23 september 2022
Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib, siz bilan birgaman. Kunduzlari issiq bo‘lsa ham, kechga borib qish ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...