Asosiy mavzular
23 october 2025

Toshkentda Taftish.uz jurnalistlari qamab qo‘yildi

23 oktyabr kuni Taftish.uz internet nashri jurnalistlari Eshquvvatova Marjona, Yuldashev Azizbek va tasvirchi Mamatqulov Ulug‘bek Toshkentning Yunusobod tumani Ichki ishlar xodimlari tomonidan qamab qo‘yildi. 

Shuningdek, 23 oktyabr kuni tushdan so‘ng Taftish.uz sayti ochilmadi. Kanalda «Xosting xizmati vaqtincha to‘xtatildi» degan yozuv va uning tagida xizmatning uzaytirilishi zarurligi so‘ralgan izoh paydo bo‘ldi.

Taftish.uz nashrining xabar berishicha, jurnalistlar va operator Yunusobod tumaniga jurnalistik tekshiruv bilan borgan.

Tekshiruv davomida ichki ishlar xodimlari yetib kelib, o‘zini tanishtirmasdan jurnalistlar va video operatorni zo‘rlik bilan olib  ketgan.

Tekshiruv jarayonida nashrga tegishli video va foto kameralarning bir qismi sindirib tashlangan.

Bu amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlarga zid bo‘lib so‘z erkinligiga tajovuz hisoblanadi. Eltuz Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasidan izoh kutadi.

Tag‘in o‘qing
29 march 2021
«Fergana» agentligining yozishicha, ko‘p masalalarda o‘zbek rasmiylarini tanqid qilgan toshkentlik bloger Miraziz Bazarov 28 mart, yakshanba kuni kechqurun o‘z ...
11 december 2016
9 dekabr kuni Xyuman Rayts Votch huquq himoyasi tashkiloti Shavkat Mirziyoev nomiga O‘zbekistonda abgor holatda qolayotgan inson huquqlari ahvolini ...
1 february 2016
2016 yil 27 yanvar kuni BJ’s Wholesale Club chakana savdo kompaniyasi Paxta majburiyati (Cotton Pledge)ga imzo chekkan 200 dan ...
26 february 2019
26 fevral kuni «O‘zbekkontsert» davlat muassasasi «litsenziya talablari va shartlari qo‘pol ravishda buzilgani, milliy urf-odatlar, odob-axloq, ma'naviy qadriyatlarga yot ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...