Asosiy mavzular
24 october 2025

Putin «unitazga taqiq»ni teskari tarifladi

Esingizda bo‘lsa Ukrainaga qarshi urushning dastlabki fazasida o‘ris moradyorlari tomonidan o‘marilgan ukrain unitazlari memlarga aylangan edi. Rossiya fuqarolarining normal xojatxonalari yo‘qligi va unitazlarga muhtojligi bor gap. Va unitazlar taqiqi endilikda Yevropa Ittifoqi sanktsiyasidan o‘rin oldi.    

Biroq Putin importni eksport bilan adashtirdi va Yevropa Ittifoqi «Rossiya unitazlarini taqiqladi» dedi — ammo vaziyat aslida mutlaqo teskari.

Eslatib o‘tamiz, kechagi nutqi davomida Putin Yevropa Ittifoqi Rossiya unitazlarining importini bekorga taqiqlaganini aytdi – go‘yoki, «ular bu unitazlarga hali muhtoj bo‘lishadi».

Ammo bir noqulay vaziyat bor: aslida Yevropa Ittifoqi unitazlarning importini emas, balki Rossiyaga eksportini taqiqladi. Ya'ni, Yevropa emas, balki rossiyaliklar unitazsiz qoladi.

Hechqisi yo‘q, Rossiyadagi viloyatlarda yashovchi aholi unitazlarsiz ham qandaydir yo‘l bilan kun kechirishmoqda-ku! Chidashadi!

Raxmatlik Rauf Parfi aytganidek rossiyaliklar «unitozlaridan ayrilishdi».

Oq tuvak, oppoq tuvak,

Og‘zingga qopqoq tuvak!

Tag‘in o‘qing
25 february 2019
Joriy yilning 8 fevralida ishdan olinib, ustidan jinoyat ishi ochilgan DXX sobiq raisi Ixtiër Abdullaevning qarindoshlari va hamtovoqlari nazoratga ...
21 june 2020
Bugun O‘zbekistonda haqiqiy ma'noda mustaqillik kuni sifatida nishonlanishi kerak. Chunki bundan 30 yil burun, 1990 yil 20 iyun kuni ...
22 june 2017
Prezident Mirziyoev 22 iyun kuni Farg‘ona viloyatiga keldi. Byudjet tashkiloti xodimlari ham yengil tin olishdi. “Shukur” – dedi Eltuz ...
8 december 2021
“Eltuz”mehnat huquqlariga oid animatsiyalar turkumini davom ettiradi. Bugun biz sizga kasaba uyushmasini qanday tuzish haqida hikoya qilamiz.  Dastavval kasaba ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...