Asosiy mavzular
2 november 2025

Uchko‘prikda korruptsiya va urug‘ aymoqchilik

Uchko‘prik tumanida hokimlik atrofidagi harakatlar korruptsiyaning endi pishig‘i yetib qolgan bosqichini ko‘rsatmoqda. Davlat topshiriqlari shaxsiy biznesga, prezident nomidan qilingan tashabbuslar esa qarindoshlar o‘yiniga aylanib qolgan.

Eltuzga video murojaat yo‘llagan uchko‘priklik Nodirjon Hoshimovning ma'lum qilishicha, tuman hokimi o‘z manfaatlarini ustun qo‘yib, topshiriqlarni bajarish jarayonida manfaatlar to‘qnashuvini ochiqcha amalga oshirmoqda. 

Uning akasi — Hamdam Erkaboev, uchqo‘rg‘onlik tadbirkor Rahmonjonning ishonchiga kirib, uning loyihasini egallab, 40 ming dollarga kelishgan, shundan 15 ming dollarini olgan holda, qolgan loyihani boshqa, “ishonchli” tadbirkorga berib yuborgan.

Gap nimada? Prezidentning 2025 yilda Andijonga tashrifi munosabati bilan berilgan ko‘rsatmalarga tayanilgan holda, Oltinko‘l tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun magistral yo‘l yoqasidagi zovurlarni yopiq shaklga o‘tkazish va ular asosida servis zonalari tashkil etish vazifasi berilgan. Lekin buni bahona qilgan Uchko‘prik tumani mutasaddilari darrov pul qilishni boshlab yuborganlar.

Masalaga Farg‘ona viloyati hokimi tomonidan 2025 yil 19 mayda chiqarilgan 268-11-0Q 25-sonli qaror bilan ta'sis etilgan komissiya ham aralashgan. Komissiya ushbu qishloqdagi zovurni tanlangan zovurlar ro‘yxatiga kiritmagan. Shu bilan birga, loyihaga zid ravishda qurilish ishlari boshlangan.

Bu VM-200 qarori talablarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzish hisoblanadi. Va bu buzilishni hokimning shaxsan o‘zi himoya qilmoqda. Nima uchun tuman hokimi va uning atrofidagi guruh bu darajada ochiq va ishonch bilan harakat qilmoqda?

Nodirjon Hoshimov prezidentning bevosita aralashuvini so‘ramoqda. 

Qonunlarga amal qilmaslik, qarindoshlarga shart-sharoit yaratish, pul olish, loyihalarni urib ketish – bularning barchasi aniq bir sxemaga ulangan. Bu sxemada davlat qarorlari niqob, prezident nomi esa qurol sifatida ishlatilyapti.

Tag‘in o‘qing
31 august 2020
Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoni bosib olishida Buxoro amirligining roli katta bo‘lganini hech kim inkor qila olmasa kerak. Uchta xonlikdan ...
31 august 2018
Toshkentning Shayontovur tuman Ma'muriy sudi, 30 avgust kuni taniqli huquq himoyachisi, 67 yashar, A'zam Turg‘unovni «hokimiyatga bo‘ysunmaganlik»da ayblab bir ...
29 january 2026
Kuni kecha prezident selektorda yumshoqqina qilib koyigan ichki ishlar tuzilmasidagi kiberxavfsizlik bo‘linmalariga bugun jon kirdi.  Endi ular ogoh bo‘ling ...
18 february 2016
“Izzatini bilgan biror baliq bunday gazetaga o‘rashlarini istamasdi” degan chikagolik jurnalist Mayk Roykoning so‘zlari bugungi o‘zbek gazetalari haqida aytilganday, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...