Asosiy mavzular
11 november 2025

O‘zbekiston sporti: Maftunkor raqamlar ortidagi nohaqlik

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda sport olimpiadalariga davlat siyosati darajasida qaralmoqda. 

Ammo bir muhim savol ochiq qolmoqda: nega davlat mablag‘lari asosan Olimpiada o‘yinlariga kiritilgan sport turlarigagina yo‘naltirilmoqda?

Qolgan sport turlari-chi? Ular mamlakat uchun keraksizmi? Sportning asosiy maqsadi  faqat medal emas, aholini sog‘lom hayot tarziga jalb etish hamdir. Ammo amaliy natijalar shundan dalolat beradiki,

O‘zbekiston bo‘ylab faoliyat yuritayotgan 1200 dan ortiq sport maktabining 70% faqat 5 – 7 ta Olimpiada sport turi bo‘yicha faoliyat yuritmoqda.

Noolimpiya turlariga yo‘nalgan murabbiylar va sportchilarning maoshi juda kam, atigi, 1,5 – 4 mln. so‘mni tashkil etmoqda, musobaqa imkoniyatlari esa cheklangan bo‘lib, o‘tkazilish soni kam hamda hajmi asosan tuman va viloyatlar kesimida o‘tkaziladi xolos. Xomiylik mablag‘lari ham aynan “medal keltiradigan” sohalarga ketmoqda.

Bu borada olib borilayotgan isloxotlarni bemalol, «Olimpiada biznesi» deb atashimiz mumkin.

Sababi tadbirkorlar tomonidan aynan “Olimpiada biznesi”ga shu kunga qadar 100 mlrd. so‘mga yaqin mablag‘ bilan “homiylik” qilib 160  mlrd. so‘mdan ortiq daromad qilishgan. Bu ishni davlat qilsa bo‘ladi. Ammo tizim bunga yo‘l qo‘ymaydi.

Moliya vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, 2024 yilda sportga ajratilgan umumiy mablag‘ning 65–70% professional sport uchun, 30% atrofidagisi ommaviy sport va bolalar sporti uchun sarflangan. 2021–2024 yillarda sportga ajratilgan mablag‘larning 60% dan ortig‘i aynan shu sport turlariga yo‘naltirilgan. 

Davlat sport sohasi uchun byudjet mablag‘lari so‘nggi to‘rt yilda 1,5 trillion so‘mdan 3 trillion so‘mgacha oshirildi. 2024 yilning birinchi choragida olimpiadaga tayyorgarlik uchun (20 ta sport sohasi uchun) 73 milliard 356 million so‘m ajratilgan.

Yangi sport inshootlari: so‘nggi 4 yilda 101 ta yirik sport inshooti qurilgan, 67 tasi qayta qurilgan. Aholining jismoniy faollik darajasi oshmoqda: 2025 yilda erkaklar orasida 71.9%, ayollarda 64.1% odamlar sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda.

2025 yil uchun sport sohasiga belgilangan byudjet taxminan 3.3 trillion so‘m atrofida. Sport, ko‘ngil ochish va dam olish sohasida xizmatlar hajmi 2025 yilning yanvari-avgust mavsumida bir yil avvalgidan 20%gacha oshgan, ya'ni 3 235.7 milliard so‘mni tashkil etgan. 2023 yilda «sport» uchun ajratilgan mablag‘ — 2.6 trillion so‘m atrofida bo‘lganligi davlat byudjetining tasdiqlangan kuchi tomonida e'lon qilingan.

“Olimpiadada yo‘q turlar” bo‘yicha sarflarning aniqligi yo‘qligi – bu turlarga e'tibor ham unchalik katta emasligini anglatishi mumkin. Har mavsumda talon-toroj qilingan mablag‘lar 22 mlrd so‘mcha yetadi. O‘nlab mas'ullar ishdan ketadi.  Ishdan ketgan mas'ullar sohaning quyi qismiga ishga joylashadi. Yangi mavsumgacha eski lavozimiga qaytadi. Bu mexanizm yillar davomida takrorlanaveradi.

Davlat va homiylar tomonidan sport sohasiga ajratgan mablag‘larni to‘g‘ridan-to‘g‘ri  “O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligiga emas, Olimpiada qo‘mitasiga yo‘naltiradi. Qo‘mita esa o‘z nomi bilan mablag‘larni  mavjud olimpiada o‘yinlariga sarflaydi.  Qolganini (agar qolsa) boshqa sport turlariga sarflaydi.

O‘zbekiston milliy sport sohasini mafiya va sport alligarxlari qo‘lidan olmas ekan sog‘lom raqobat yo‘qolib, kelajak havoyi natijalar va olqishlar soyasida qolib ketadi.

Tag‘in o‘qing
14 september 2020
Koronavirus xabarlari berib boriladigan telegram kanalida 11 sentbyar soat 17:00 da bunday xabar berildi: Respublikada so‘nggi soatlarda 233 kishida ...
18 april 2017
Davriy nashrlarga obuna ixtiyoriy ekani aytib kelinadigan O‘zbekistonda chiqadigan gazetalardagi maqolalardan aslida buning aksi ekani ko‘rinadi. Ayni muammo Jizzax ...
19 december 2017
Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumani ustalari «Ferrari» avtomobilining nusxasini yaratishdi. Eng qizig‘i, unga «Zaporojets» avtomobili motori o‘rnatilgan. «Eltuz» nashrining Urganchdagi ...
18 february 2021
Manqurt «doda»lar rusga sotqinlik evaziga berilgan yuksak lavozim, lyuks mashina va uylarni xayol qilayotgan zamonlarda biz mazlum xalqimizning paxta ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...