Asosiy mavzular
14 november 2025

Navoiyda nosozlik tufayli butun dom muzladi

Navoiy shahrida 2025 yilning 3 noyabridan boshlanishi kerak bo‘lgan issiqlik mavsumi ortidan 10 kun o‘tgan bo‘lsa-da, shaharning ayrim hududlarida issiqlik tizimi to‘liq ishlamay turibdi.

Eltuzga Navoiy shahri Zarafshon mahallasi, Ibn Sino ko‘chasi 16-uyda yashovchi fuqarolar murojaat qilishdi. Ular ta'kidlashicha, uyda issiqlik ta'minoti kecha — 12 noyabr kuni berilgan. Biroq, undan oldin uy yerto‘lasida quvur yorilishi sabab shahar issiqlik ta'minoti xodimlari kelib, nosozlikni bartaraf etishdi, ammo ishni shoshmashosharlik bilan «mendan ketguncha, egasiga yetguncha tarzida» bajarishdi.

Fuqarolarning so‘zlariga ko‘ra, uy yonidagi  quduqda ishlar noto‘g‘ri bajarilgani sabab tizim to‘liq ishlamay qolgan. Bir necha marta qilingan murojaatlardan so‘ng Issiqlik ta'minoti korxonasi va “Gulobod siti” shirkati vakillari kelishdi, biroq muammoni hal qila olmasdan ishni chala holda tashlab ketishdi.

“Hurmatli Navoiy shahri issiqlik ta'minoti mas'ullari, xalq shuncha qiynalib turgan bir paytda, endi bu holat nimasi? Qachon ishga mas'uliyat bilan yondashasizlar?” 

— deyiladi aholi murojaatida.

Mazkur holat bo‘yicha viloyat hokimligidan izoh kutamiz.

Tag‘in o‘qing
2 december 2025
Keyingi paytda o‘zbeklar orasidagi o‘risqul, paytavaquloq itvachchalar dumini likkillatib boshladi. Bu itvachchalarni bir tepib haydash joiz. Xullas, agar Tramp ...
24 january 2017
«Hurriyat» gazetasi (18.01.) yangi prezidentning so‘nggi vaqtlardagi chiqishlaridan ilhomlanib, «Chapani chapdan turganda» (ruknning nomi) nimalarni aytib yuborishi mumkinligini hukumatga ...
23 december 2020
O‘tgan payshanba, 17 dekabr kuni Telegram kanali orqali O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX)ning qator “loxmach”larini uchratgan joyda jazolash haqida ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...