Asosiy mavzular
4 december 2025

Valensa: Trampning Zelenskiydan minnatdorlik kutishi haqoratlidir!

Nomi afsonaga aylangan botir, 1990 yildan 1995 yilgacha Polsha prezidenti bo‘lgan Lex Valensa AQSh prezidenti Trampga maktub yozdi:

Muhtaram prezident janobi oliylari,

Men qo‘rquv va ijirg‘anish hissi bilan sizning Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga qilgan muomalangiz aks etgan suhbatni ko‘rdim.

Sizning Ukrainaning Rossiya hujumiga qarshi turishi uchun AQSh bergan yordam uchun ulardan minnatdorlik va ta'zim talab qilishingizni haqorat va insoniylik chegarasidan chiqqan manmanlik deb bildim.

Aslida, rahmat va ta'zimga mana 11 yildirki o‘z yurtiga bostirib kirgan sharofsiz Putin bosqinchisidan himoya qilib, erkin dunyo qadriyatlari uchun qon to‘kayotgan ukrain askarlari loyiq.

Erkin dunyo va erkinlikni o‘ziga simvol qilgan AQSh kabi mamlakat liderining bunga aqli yetmagani va nega e'tirof etmaganini tushuna olmayman.

Oval kabinetdagi suhbat men dissident paytimda maxsus xizmatlar va kommunist sudlardagi so‘roqlarni eslatib yuborgani esa xavotirimni o‘n karra oshirdi.

Kommunistik siyosat politsiyasi bo‘lgan prokuror va sudyalar o‘shanda menga butun hokimiyat, kuch va sarvat ular qo‘lida ekanini va menda hech qanday kuch yo‘qligini aytgan edi.

Bu sudya va tergovchilar mendan erkinlik uchun kurashni to‘xtatishimni, aks holda minglab begunoh odamlar o‘lishini aytib tahdid qilgandi.

Buning ortidan ular bizni qamashdi, erk va huquqimizni cheklashdi, chunki biz zolim hukumat bilan hamkorlik qilish va kelishib ishlash taklifini rad qilgandik.

AQShga rasmiy tashrif bilan borgan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga aynan shunday munosabatda bo‘linganidan shokdaman.

Yigirmanchi asr tarixi saboqlaridan biriga diqqat qaratsam:

Qachonki AQSh demokratik qadriyatlardan uzoqlashib, Yevropadagi ittifoqchilaridan uzoqlashsa, oxir-oqibat o‘z mamlakati uchun xavf manbaiga aylanadi.

Buni AQSh prezidenti Vudro Vilson 1917 yili tushunib, Birinchi jahon urushida taraf tutgan edi. Prezident Franklin Delano Ruzvelt ham buni 1941 yil dekabr oyida Perl-Harborga hujum ortidan tushunib yetgan edi.

Ruzvelt 1941 yili AQSh himoyasi uchun urush nafaqat Tinch okeanda, balki Yevropada ham bo‘lishi shartligini anglab yetgan edi.

Shu tariqa AQSh uchinchi reyx hujumiga uchraganlar tarafida bo‘lgandi.

Men AQSh prezidenti Ronald Reyganning moliyaviy bosimisiz Sovet imperiyasi qulamagan bo‘lishini yaxshi tushunaman.

Prezident Reygan millionlab kishilar Sovet Rossiyasi quliga aylanganini aytib, bu jamiyatni «Yovuzlik imperiyasi» deb atagan edi.

Polshada biz g‘alaba qildik. Bugun prezident Ronald Reygan haykali Varshavadagi AQSh elchixonasi binosi oldida sharaf bilan qad ko‘tarib turibdi.

Janob Prezident,

Moddiy yordam – harbiy va qurol-yarog‘ ko‘magi hech qachon ukrainlar o‘z mustaqilligi, Yevropa va yer yuzi erkinligi uchun to‘kkan qon bilan birga taroziga qo‘yilmaydi.

Kishining hayoti pul bilan baholanmaydi. U bahosiz.

O‘z hayotini erkinlik uchun baxsh etgan, yurtini bosqinchidan himoya qilib qon to‘kkanlargina ta'zim va rahmatga loyiq.

Bu menga, xalqimga va «Solidarnost» tashkiloti a'zolari hamda Sovet Rossiyasi kommunistik rejimi jabrdiydalarga tushunarli.

Men va xalqim AQShni 1994 yil Budapeshtda Buyuk Britaniya bilan birgalikda imzolangan Budapesht memorandumi dagi kafolatlarga rioya qilishga chaqirgan bo‘lar edik.

1994 yili Ukraina o‘z yadro qurollarini topshirib, evaziga AQSh va Britaniyadan xavfsizlik va hududiy yaxlitlik kafolatini olgandi.

Bu hech qanday shartsiz, savolsiz qat'iy kafolat edi.

Bu kafolat ostida berilgan yordam iqtisodiy operatsiya emasligi ta'kidlangan edi.

Imzo:

Lex Valensa,

sobiq siyosiy mahbus,

Polsha prezidenti.

Tag‘in o‘qing
25 july 2017
1 iyuldan Farg‘onada ish boshlagan Majburiy ijro byurosi (MIB) ishidan odamlar norozi bo‘la boshladi. MIB inspektorlari uyma-uy yurib aliment, ...
17 december 2023
Klaster «saltanati»dagi fermerning uyushma tuzishga haqqi yo‘qmi? O‘zbek sudi uyushma tuzgan fermerlarni jazolaydigan klasterning «Ur to‘qmog‘i»mi? Bu savollar javobini ...
7 october 2019
Qamashi tumanidagi 14 va 16-bolalar bog‘chalariga go‘sht o‘rniga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziëevning portretlari berilgan.  Bu ma'lumotni “Eltuz”ga taqdim qilgan ...
18 december 2019
Navbatdagi karikaturada deputatlikka nomzodlar va saylovchilar o‘rtasidagi munosabat qish muammosi orqali aks ettirilgan. 22 dekabrda O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...