Asosiy mavzular
4 december 2025

NYT: Rossiyani urushni to‘xtatishga nima majbur qilishi mumkin?

The New York Times nashri Rossiyaning urushni to‘xtatishga majbur qiluvchi bir qancha stsenariylarni ko‘rib chiqdi. Neft daromadlarining tushishi allaqachon Rossiya byudjetiga zarba bermoqda va tahlilchilarning fikricha, bu asta-sekin armiyani zaiflashtiradigan surunkali muammoga aylanadi.

Ammo Kremlga haqiqiy zarba berish uchun Xitoyga neft sotishni bloklash yoki eksport infratuzilmasiga jiddiy zarbalar berish kabi ancha qattiq choralar kerak.

Hozircha bularning hech biri haqiqatga o‘xshamayapti.

Bank inqirozi Putinga bosim o‘tkazishi mumkin edi, ammo uning iqtisodiy jamoasi hozircha vaziyatni nazorat qilmoqda.

Katta harbiy xarajatlar inflyatsiyani tezlashtirdi. Markaziy bank stavkani oshirdi, bu esa biznes va aholiga zarar yetkazmoqda.

RJD (Rossiya temir yo‘llari) qarzga botgan, tashish hajmi tushmoqda. AvtoVAZ ishlab chiqarishni 40% ga qisqartirib, to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tmoqda.

Biroq iqtisodiy muammolar odamlarni ko‘chalarga olib chiqishi dargumon – Rossiya jamiyati bunday vaziyatga o‘rganib qolgan.

Urush frontida Rossiya har oy o‘n minglab odamlarni yo‘qotgan holda sekin-asta ilgari sudralmoqda. Kreml yangi yollanuvchilarga yuqori to‘lovlar va'dasi bilan bu yo‘qotishlarni qoplamoqda.

Katta yutuqlarga erishish uchun esa Rossiyaning kuchi yetarli emas, lekin Putinni cho‘ziladigan sillarni qurituvchi urush shakli qoniqtirmoqda.

U o‘z hokimiyatini urush natijasi bilan bog‘lab qo‘ygan va zaiflik ko‘rsatishga tayyor emas.

Tag‘in o‘qing
6 august 2019
Prezident Mirziyoev qarori bilan 3 avgust kuni O‘zbekistondagi mash'um Jasliq qamoqxonasi yopildi. Ayni qarorda qamoqxona binolari va mulklari Qoraqalpog‘iston ...
20 march 2023
O‘zbekiston prezidenti Mirziyoev, Turkiyalik saylovchilarni may oyida bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida 20 yildan beri hokimiyatda bo‘lgan Erdo‘g‘an nomzodini “to‘liq ...
5 november 2021
Dunyoga tarqatib oltinlarimiz,  Ancha yengil tortdi botinlarimiz.  Tezakni tutatib palov pishirar –  Naqadar baxtlidir xotinlarimiz…  (HAMROQUL ASQAR) Kech kuz ...
4 december 2025
Tarkovskiyning «Stalker» degan kinosi bor. Kino maxsus zona tunnelidan o‘tgan odamning tilagi ijobat bo‘lishidan bahs qiladi. Kino qahramoni tunneldan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...