Asosiy mavzular
9 december 2025

Qibray hokimi: «Mening onam shikoyat qilmaydi, sizlar ham uyda jim o‘tiringlar!»

Toshkent viloyati, Qibray tumani aholisi Eltuzga yo‘l muammolari yuzasidan murojaat qilib, tuman hokimidan kutilmagan va g‘alati javob olganini ma'lum qildi.

Qozog‘iston bilan chegaradosh bo‘lgan Qibray tumanida yo‘llarning ahvoli juda achinarli bo‘lib, mahalliy aholi bu muammoni hal qilish uchun «Ochiq byudjet» loyihalarida faol qatnashib keladi.

Va'da berilgan, ammo yo‘l bitmagan

Aholi murojaatiga ko‘ra, tumandagi muammoli yo‘llardan biri – Uzumzor mahallasini Chirchiqqa bog‘lovchi yo‘l 2023 yilda foydalanishga topshirilishi kerak edi. Ammo, 2026 yilga sanoqli kunlar qolgan bo‘lsa-da, yo‘l hanuz bitmagan. Yo‘l qurilishi haqidagi afishalar yulib olingan, yo‘l yuzi esa tuproq to‘kilib yopib qo‘yilgan.

«Shu yo‘l qachon bitarkan deb so‘ragani Qibray tuman hokimi qabuliga bordik. Hokim esa «mana, mani onam uyda o‘tiradi. Hech qaerga shikoyat qilib chiqmaydi. Sizlar ham uyda o‘tiringlar» deb javob berdi. Hech birimiz bunday javob kutmagandik. Biz yo‘l haqida gapirdik, hokimni onasi bilan nima ishimiz bor? Shuyam javobmi?» – deydi murojaatchilar Eltuz nashriga.

«Ochiq byudjet» ham yordam bermayapti

Aholining ta'kidlashicha, hatto «Ochiq byudjet»da yutsa ham, yo‘l muammosi to‘liq hal bo‘lmayapti, faqat torgina yo‘l tekislanib qo‘yilmoqda. Eng katta muammo esa yo‘llarni kengaytirish kerakligi, chunki ular yildan-yilga torayib ketmoqda. Qibray markazini Toshkent shahriga bog‘lovchi yo‘llar juda tor.

Toshkent va Qozog‘iston o‘rtasidagi yuk tashish ham aynan Qibray orqali amalga oshiriladi. Katta yuk mashinalari qatnaydigan, May qishlog‘idan Madaniyat mahallasi, Yunusobodgacha bo‘lgan yo‘l bor-yo‘g‘i ikki qatordan iborat. Ertalab va kechqurun yo‘llarda tirbandlik sabab harakat keskin sekinlashadi. Aholi bu yo‘llarni kamida 4 polosali qilish zarurligini aytmoqda.

Tuman ma'muriyati yo‘llarni kengaytirish uchun viloyat hokimligidan pul ajratilishi kerakligini bahona qilsa, viloyat hokimligiga murojaat qilinganda esa: «byudjetda pul yo‘q, bu yo‘llar harbiy baza balansida, o‘shalar to‘g‘irlaydi» degan javob bilan qaytarib yuborilmoqda.

Aholining fikricha, Toshkent viloyati hokimligi yo‘llarni kengaytirish bo‘yicha jamoatchilikka hech qanday istiqbolli reja taqdim etmagan. Bu esa vaziyat yaqin vaqt ichida o‘zgarmasligidan dalolat beradi.

Tag‘in o‘qing
3 january 2024
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta maktubni o‘qiymiz. Ular O‘zbekistonning Navoiy, Buxoro, Toshkent, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlaridan kelgan. Dastlabki shikoyat ...
15 january 2026
Henley & Partners  xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan tuziladigan pasportlar nufuzi bo‘yicha jahon reytingida O‘zbekiston yuqori ildamladi.  2025 yil yakunlariga ...
22 december 2016
21 dekabr kuni Toshkent shahar sudida Davron Norboev hakamligida diniy ekstremizmda ayblanayotgan to‘rt nafar shaxs ustidan sud davom etdi. ...
4 june 2016
Mashxur o‘zbek xonandasi, Rossiyaning «Golos» shou yulduzi Nargiz Zokirova (44) 2 iyun kuni o‘zining italiyalik eri Filipp Baltsano bilan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...