Asosiy mavzular
12 december 2025

Uchko‘prikdagi maktablarga «qo‘shib yozish» topshirig‘i berildi

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani hokimining ma'naviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Sh. Pozilov 10 dekabr kuni soat 15:00 da barcha maktab direktorlarini zum orqali yig‘ib, “tez bajarilishi shart” bo‘lgan navbatdagi topshiriqni bergan.

Talab bitta: 3-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan bolalarga “sun'iy intellektdan foydalanish bo‘yicha individual mashg‘ulot o‘tildi” degan mazmunda 2800 dona sertifikat tayyorlanishi kerak. Hech qanday dars o‘tilgani yo‘q, lekin “berildi” deb hujjat to‘ldirish buyurilgan.

Topshiriqni bajarish muddati qisqa. Shuning uchun maktablarda kim kompyuterni bilsa “hashar”ga solingan. Sertfikatlar soni kam chiqsa, direktor so‘kish eshitadi.

Bu soxta qog‘ozlar kimning joniga oro kirmoqda?

Uchko‘prikda qo‘shib yozish oddiygina ishsizlik raqamlaridan ta'limga ham ko‘chgan. Berilmagan dars “berildi”, o‘tilmagan mashg‘ulot “o‘tildi” deb rasmiylashtirilyapti.

Uchko‘prikka xush kelibsiz – bu yerda statistika real hayotdan emas, hokimiyat topshiriqlaridan tug‘iladi.

Tag‘in o‘qing
28 september 2025
Rassom Tuz
16 september 2021
O‘zbekistonda turk sarmoyasi asosida ishlaydigan to‘qimachilik shirkatining sobiq rahbari¸ 60 yoshli turk vatandoshi Najat Taylanli “Eltuz” muxbiri bilan suhbatda ...
25 september 2025
Dunyoda ikki narsani yoqtirmayman, biri tsenzura, ikkinchisi anonim mualliflarning g‘arazli maqolasini chop etish. Jurnalist bu ikki xolatga rozi bo‘lish ...
10 march 2023
Germaniyadagi YUZUK tashkiloti taniqli o‘zbek rassomi  Vyacheslav Oxunovni nemis jamoatchiligi va Germaniyadagi o‘zbek diplomatlariga taqdim qildi.  Vyacheslav Oxunov rassom, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...