Asosiy mavzular
26 december 2025

26 dekabr – Dekabristlar qo‘zg‘oloni

1825 yil 26 dekabrdagi qo‘zg‘olon Rossiya tarixidagi eng muhim burilish nuqtalaridan biri hisoblanadi. Bu qurolli chiqish rus jamiyatidagi islohot va ozodlik harakatining ilk yirik namoyishi edi.

Rossiya taxtiga «haqiqiy voris emas soxta shoh kelgani» va «haqiqiy odil podsho» yaxshi degan naiv g‘oyalar va diniy mafkura bilan qurollangan qo‘zg‘olon 3000 nafar harbiylardan iborat qo‘shin tomonidan qonli tarzda, shafqatsiz bostirildi. Uning 500 dan ziyod ishtirokchilari qamoqlarga tashlandi.

Qo‘zg‘olon ishtirokchilari asosan Napoleon urushlaridan qaytgan, Yevropa hayotini ko‘rgan yosh ofitserlar va zodagonlar edi. Ular Rossiyadagi mavjud tizimni isloh qilmoqchi bo‘ldilar.

Ularning asosiy maqsadlari: Krepostnoylik huquqi (Rossiyadagi qullik tizimini) bekor qilish. Mutlaq monarxiyani tugatish va konstitutsiyaviy tuzumga o‘tish. So‘z, matbuot va diniy erkinliklarni joriy etish bo‘lgani aytiladi.

Imperator Aleksandr I farzandsiz vafot etgach, taxt uning ukasi Konstantinga o‘tishi kerak edi. Ammo u maxfiy ravishda taxtdan voz kechgan. Natijada, navbatdagi voris — Nikolay I qasamyod qilishi kerak bo‘lgan kun (26 dekabr) qo‘zg‘olonchilar uchun qulay vaqt deya tanlandi.

Senat maydonidagi voqealar

Dekabristlarning rejasiga ko‘ra, ular qo‘shinlarni maydonga olib chiqib, Senatni Nikolay I ga qasamyod qilmaslikka va «Rus xalqiga manifest»ni imzolashga majbur qilishlari kerak edi.

Maydonga 3000 ga yaqin askar va ofitserlar yig‘ildi. Biroq qo‘zg‘olon rahbari etib tayinlangan Sergey Trubetskoy maydonga kelmadi, bu esa rejaning buzilishiga olib keldi.

Yangi imperator maydonni qurshab olishga va artilleriyadan foydalanishga buyruq berdi. Bir nechta to‘pdan o‘q uzilishi natijasida qo‘zg‘olonchilar va tomoshabinlar orasida yuzlab qurbonlar bo‘ldi, isyonchilar tarqatib yuborildi.

Tergov va jazo

Qo‘zg‘olon bostirilgach, keng ko‘lamli tergov boshlandi. 500 dan ortiq kishi so‘roq qilindi.  Besh nafar rahbar (Pestel, Rыleev, Muravyov-Apostol, Bestujev-Ryumin va Kaxovskiy) dorga osildi. 120 dan ortiq dekabrist Sibirga surgun qilindi. Ularning xotinlari zodagonlik imtiyozlaridan voz kechib, turmush o‘rtoqlari ortidan Sibirga yo‘l olishgani tarixda «matonat timsoli» sifatida qoldi.

Qo‘zg‘olonning tarixiy ahamiyati

Garchi qo‘zg‘olon mag‘lubiyat bilan tugagan bo‘lsa-da, Rossiya tarixida chuqur iz qoldirdi. Bu Rossiyadagi birinchi uyushgan siyosiy muxolifat harakati edi.

Nikolay I davrida davlat nazorati va tsenzura kuchaydi, lekin islohotlar zarurligi haqidagi g‘oyalar jamiyatda yashay boshladi. Keyinchalik 1861 yilda krepostnoylik huquqining bekor qilinishiga aynan dekabristlarning g‘oyalari zamin yaratdi.

Tag‘in o‘qing
15 december 2020
2016 yil avgustigacha prezident Islom Karimovning yordamchisi bo‘lib ishlagan va 2020 yil noyabr oyining oxirlarida hibsga olingan Ulug‘bek Mirzamuhammedov ...
1 november 2025
Eltuz ixtiyoriga yetib kelgan yangi ma'lumotlarga ko‘ra, kecha, 31 oktyabr kuni tushdan keyin Bog‘ot tumani markazi ostin-ustun bo‘lib ketgan. ...
15 november 2025
Farg‘onada jinoyatchilikka moyilligi sabab tekshirilgan fuqarolarning uyidan 16 kilodan ortiq narkotik topildi. Tadbir davomida jami 138 dona kuchli ta'sir ...
24 december 2019
Chunki hali O‘zbekistonda saylovni to‘liq demokratik tamoyillar asosida o‘tkazish uchun yetarlicha sharoit mavjud emas. Xuddi shunday fikr bildirgan mustaqil ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...