Asosiy mavzular
30 december 2025

Oltiariqdagi “namunali uzumzor” xarobazorga aylandi 

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani hududida joylashgan qirda ming gektar yerga uzumzor barpo etilgan. Loyiha ochilishiga Prezident kelishi rejalashtirilgani sabab hudud qisqa vaqt ichida juda obod qilingan, minglab odam jalb etilib, ishlar shoshilinch bajarilgan.

Mahalliy aholaning so‘zlariga ko‘ra, ochilish marosimigacha hudud namunali holatga keltirilgan. Bu jarayonda turli tashkilotlardan tashqari, ko‘chadagi mardikor ayollar ham ishga chiqarilgan. Ushbu ishlarga katta mablag‘ sarflangani aytiladi.

Biroq Prezident tashrifidan so‘ng hudud qarovsiz qolgan. MFY raislari va hokim yordamchilariga “erni aholiga o‘tkazish” bo‘yicha ko‘rsatma berilgani aytilmoqda. Shu targ‘ibotga ishonib, ayrim oilalar uzumzor yerlarini olgan.

Ammo amalda suv, infratuzilma va qishloq xo‘jaligi yordami bo‘lmagan. Uzumlar qurib bormoqda. Ayrim oilalar uyida ortiqcha ishchi kuchi borligi uchun baklashka va sisternalarda suv tashib, uzumni saqlab qolishga uringan. Shunga qaramay, taxminan 70 foiz yer maydoni qarovsiz holda qolgan.

Shu bilan birga, yer olgan aholi kredit to‘lashda davom etmoqda. Ilk uch yil oyiga 300–400 ming so‘mdan to‘langan. So‘nggi bir yilda esa oyiga 1 million so‘m to‘lashga to‘g‘ri kelyapti. Bir oy to‘lov kechiksa, keyingi oyga foizi qo‘shilib, qarz yana oshmoqda.

“U yer bizga kerak bo‘lmay qoldi, lekin quruq havo uchun har oy pul to‘layapmiz”, – deydi shikoyat qiluvchilardan biri. 

Uning aytishicha, uch nafar farzandi bor, turmush o‘rtog‘i ko‘chada mayda-cho‘yda sotib kun ko‘radi, o‘zi esa uyda 80 yoshli qaynonasi va bolalarga qaraydi. Oila maktab, bog‘cha va kundalik xarajatlarni qoplash uchun qarindoshlardan qarz olishga majbur bo‘lgan.

Aholi Prezident tashabbuslari joylarda qanday ijro etilayotgani, ayniqsa, bunday loyihalarning keyingi taqdiriga ham e'tibor qaratsa, deb umid bildirmoqda.

Tag‘in o‘qing
1 october 2023
Shveytsariya prokuraturasi O‘zbekiston sobiq prezidentining qizi Gulnora Karimovani yuzlab million dollar pora yuvish bilan shug‘ullangan xalqaro jinoiy guruhni boshqarishda ...
20 may 2024
26-may – Tilak Jo‘rani xotirlash kuniga atab… Tillaniso Maktabda o‘qib yurganimda tanlovga qatnashdim. «Zulfiya» ning tuman yo viloyat bosqichi ...
4 march 2024
Sharifa To‘ychieva hokimning noqonuniy qarori bilan yeridan mahrum bo‘lgan yuzlab baxtsiz fermerlardan biri. Uning hikoyasidan anglashiladiki, qonun buzilishi prokuratura ...
29 may 2018
Favqulodda vaziyatlar va sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiylari tuz bo‘ronidan jabrlangan Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatiga uchib kelishdi. 29 may kuni ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...