Asosiy mavzular
14 january 2026

Turdimov “kadrlar paketi”ni o‘zi bilan olib yuradimi?

So‘nggi yillarda Sirdaryo viloyatida kuzatilayotgan boshqaruv amaliyotida xavotirli bir tendentsiya tobora oddiy holga aylanib bormoqda. 

Gap hokim Erkin Turdimov qaerga tayinlanmasin, u bilan birga avvaldan shakllangan “o‘z odamlari”, shartli aytganda, “kadrlar paketi” ham ko‘chib yurishi haqida ketmoqda.

Lavozim o‘zgaradi, hudud almashadi, ammo kadrlar tarkibi va ish uslubi deyarli o‘zgarmasdan qolaveradi. Bu esa boshqaruvda shaxs omilining institutsional yondashuvdan ustun qo‘yilayotganini ko‘rsatadi.

Buni aniq misolda ham ko‘rish mumkin. Turdimovning Samarqanddagi rahbarligi davrida “o‘sgan”, jamoatchilikka tanila boshlagan va ayni paytda Kattaqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgan Vohid Xudoyqulovning yaqin orada Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga rahbar etib tayinlanishi kutilmoqda.

Bu holat bir qarashda oddiy kadr almashinuvidek ko‘rinishi mumkin. Ammo masala chuqurroq. Agar muayyan hududdagi tizim faqat rahbar bilan kelgan kadrlar orqali “ishlaydigan” bo‘lsa, demak, muammo alohida shaxslarda emas, institutsional boshqaruvning zaifligida.

Tashkilot rahbarsiz yoki “o‘z jamoasi”siz ishlay olmasa, u holda tizim mustaqil emas, shaxsga bog‘liq bo‘lib qoladi.

Bu yerda mantiqiy savol tug‘iladi. Sirdaryo viloyatida yetarli bilim va tajribaga mahalliy mutaxassislar rostdan ham yo‘qmi?

Yoki boshqa hududdan kelgan yosh kadr Sirdaryo tibbiyoti rivoji, shifokorlar va xodimlar uchun munosib shart-sharoit yaratilishini mahalliy mutaxassislardan ko‘ra ko‘proq istaydimi?

Kadrlar siyosatida bunday yondashuv uzoq muddatda hududiy kadrlar salohiyatini so‘ndirish, tashabbus va mas'uliyatni pasaytirish xavfini tug‘diradi.

Tizim esa shaxslarga emas, qoidalarga, ochiq raqobatga va mahalliy resurslarga tayanilgandagina barqaror bo‘lishi mumkin.

Tag‘in o‘qing
12 february 2018
Toshkentdagi «Minor» masjidi imomi noibi 42 yoshli Abror Muxtor Aliga 10 fevral kuni ishdan bo‘shash uchun ariza ëzdirildi. «Eltuz» ...
3 february 2020
Komil Allamjonov va Saida Mirziyoevaning OAV va blogerlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan yangi jamoat fondi vasiylik kengashi rahbarligiga tayinlanishi ...
15 september 2017
15 sentyabr kuni Toshkentdagi «Zeroline» galereyasi «Qochish» (Pobeg) deb nomlangan tasviriy san'at ko‘rgazmasida, mamlakatni tark etgan rassom Shuhrat Bobojon ...
25 march 2022
Mamlakat mustaqilligi, erk va ozodlik tuyg‘usi ozgina bo‘lsa ham ichida borlar bilan suhbat quraëtganimga ishonaman. Ular balki ming, balki ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...